|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 109/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)4.2.3-rasm. Internet-provayderlarning tuzulmasi.
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to‘plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
Internet tarmog‘i turli qoidalar (protokollar) bo‘yicha ishlaydigan
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus kompyuterlar) qo‘llanadi. Internet tarmog‘ida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP) ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga javob beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi, masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni uzatish protokoli).
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir.
Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli.
4.2.4-rasm. O‘rnashgan joy va funksiyalar.
Web brauzer (browser) – (ingliz tilidan to browse – koʻrib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini koʻrish va unda ishlash uchun moʻljallangan dastur. Masalan, Opera, Google Chrome, Mozilla Firefox, Internet Explorer va h.k.
Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir obʻektda) oʻzining murakkabmanzili mavjud — u resursni koʻrsatuvchi URL (Uniformed Resource Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL- manzil deyiladi.
4.2.5-rasm. URL-adres strukturasi.
Uznet (Uznet = uz + net) — Internet tarmog‘ining O‘zbekistondagi qismi. Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga “qisman kiritish” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida O‘zbekiston Vikipediyasi mavjud. Ko‘p xollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni almashtirish tarmog‘i tushuniladi, chunki Tas-IX ichidagi resursga kira oladigan ko‘pchilik provayderlar abonentlari uchun u tekindir.
.uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda registratsiyadan o‘tdi va 2001 yil oxiriga qadar erkin foydalanishda bo‘lgan, bu vaqtda domen zonasini ma’muriyatlash xuquqi nemis kompaniyasi Euracom Equipment GmBH ixtiyoriga o‘tdi, uning O‘zbekistondagi vakili Tomas kompaniyasidir.
2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga xuquq O‘zAAA (xozirgi O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) tizimiga kiruvchi UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz xozirgi vaqtgacha bu xuquqqa ega.
2010 yil fevralida 10 000 domen ro‘yxatga olindi, 2015 yi avgustida ro‘yxatga olingan domenlar 23 000 dan ortib ketdi.
|
| |