• Asosiy tushunchalar va taʻriflar
  • § 4.2. Internet tarmog’ining tuzilishi




    Download 7,52 Mb.
    bet106/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    § 4.2. Internet tarmog’ining tuzilishi


        1. Internet tushunchasi va tarkibi

    INTERNET (ingl. International – xalqaro, net – tarmoq, work - ish)

    • tarkibiy tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan xalqaro tarmoqdir:

      • lokal - Local Area Networks (LAN) – katta boʻlmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq boʻlmagan) kompyuter tarmoqlari;

      • global - Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq;

      • hududiy (yoki megapolislar tarmogʻi) - Metropolitan Area Networks (MAN) – yirik shaharlar- megapolislar hududlariga xizmat koʻrsatish moʻljallangan tarmoqlar.

    Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar (subnet), tashkil etuvchi tarmoqlar yoki oddiygina tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar boʻlishi mumkin. Bitta quyi tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona boʻlgan texnologiyadan foydalanib oʻzaro xarakatda boʻlishadi.[19]

    Asosiy tushunchalar va taʻriflar


    Internet – yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka bogʻlovchi, butun dunyo kompyuter tarmogʻi boʻlib, quyidagi asosiy vositalardan tashkil topadi: (4.2.1- rasm.)

      • stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA, televizorlar, mobil kompyuterlar – host tizimlar yoki oxirgi tizimlar;

      • Ishchi stansiya – kompyuter tarmogʻining abonenti bevosita ishlaydigan kompyuter;

      • Server – bu kompyuter tarmogʻining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuter.

    Host – bu IP-manzilga ega, Internet tarmogʻiga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter boʻlib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qoʻllab-quvvatlovchi, bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega boʻladi. Host kommunikatsiya tarmogʻining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.




    Download 7,52 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 4.2. Internet tarmog’ining tuzilishi

    Download 7,52 Mb.