Toifa
|
Oʻtkazish kengligi
|
Qoʻllanilishi
|
3
|
16 MGts gacha
|
Ethernet, Token-Ring, telefon
|
4
|
20 MGts gacha
|
Ethernet, Token-Ring, telefon
|
5
|
100 MGts gacha
|
Ethernet, ATM, FE, Token-Ring, telefon
|
6
|
200/250 MGts gacha
|
GigaEthernet, Ethernet, ATM, FE, Token-Ring,
|
7
|
600 MGts gacha
|
GigaEthernet, Ethernet, ATM, FE, Token-Ring
|
1.2.4-jadval.
Kabel tizimi
|
Qoʻllanilishi
|
Talab
|
Gorizontal
|
Qavat/joylashuv chegarasi boʻyicha qurilmalar birlashuvi
|
Turlanish, ishonchlilik, universallik
|
Vertikal
|
Bino boʻylab birlashuv
|
Sigʻim, ishonchlilik
|
Kampus tarmoq
|
Hisoblash kompyuter tarmogʻining bino boʻylab birlashuvi
|
Sigʻim, ishonchlilik
|
Gorizontal kabel aloqa tizimi quyidagilardan tashkil topgan:
Aloqa kabeli
Rozetkalar
Patch-panel (koʻp sonli portlardan iborat rozetkalar)
Patch-cord (vilkalar(konnektor) orqali aktiv va passiv qurilmalarni birlashtiruvchi kabellar)
Boshqa qurilmalar (ustun va krosslar)
Kabellarni qirqish, ishlov berish va konnektorga mahkamlashda maxsus asbob – “Siquuvchi ombur” dan foydalaniladi. (1.2.3-rasm.)
1.2.3-rasm. Siquvchi asbob RJ-45
Patch-cord kabellarni tayyorlash uchun juftli oʻrama kabellarida qanday bajarilishini koʻrib chiqamiz. Dastlab bu turdagi kabellarning ulanish qoidalarini bilishimiz zarur. Internet uchun kompyutyerdan HUB ga RJ-45 (8P8C) juftli oʻrama kabelining mos keluvchi rangli simlar tuzilmasi (lan): (1.2.4-rasm. A, B)
1.2.4-rasm. A variant – lan kabel
1.2.4-rasm. B variant – utp kabel
Kompyutyerda kompyuterga boʻlsa: (2.5-rasm.)
1.2.5-rasm.
CAT5 kategoriyali (100 Mbit/s gacha tezlikda) oʻrama juftli kabellarda signallarning uzatilishida faqat ikki juft simlargina ishlatiladi. Bir jufti signal qabul qilish uchun, ikkinchisi esa kompyuter tarmoq kartasiga RJ-45 razyomli oʻrama juftli kabellar orqali Hub, swich yoki router qurilmalariga signal joʻnatish uchun foydalaniladi. (1.2.6-rasm.)
1.2.6-rasm. Kompyuterning tarmoqqa ulanish tuzilmasi
WINDOWS OT lokal tarmoqni sozlash va ishlatish uchun juda qulay. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan boʻlsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyutyerda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor. RJ-45 razʻyomiga maxsus konnektor orqali kabellar ulanadi.(1.2.7-rasm).
|