|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 17/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)7-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs gacha chastota oraligʻida axborot uzatishi mumkin. EIA/TIA 568 standartiga koʻra texnik koʻrsatgichi mukammal 3, 4 va 5-toifadagi kabellarning 1 MGsdan to kabelni maksimal chastota oraligʻida toʻliq
toʻlqin qarshiligi 100 Om +15 % tashkil qilish kerak. Koʻrinib turibdiki, talablar uncha qattiq emas, toʻlqin qarshilik qiymati 85 dan 115 Om oraligʻida boʻlishi mumkin. Shu yerda aytib olish kerakki, ekranlangan oʻralgan juftlik SPT standart talabiga asosan 150 Om ±15 % boiishi lozim. Kabel va qurilmani impedansini moslash uchun (agarda, ular mos kelmasa), moslovchi transformatorlardan (Baiun) foydalaniladi. Shuningdek, tolqin qarshiligi 100 Om boigan ekranlangan оʻralgan juftlik ham uchrab turadi. Standart qoʻygan ikkinchi muhim koʻrsatgich
— bu turli chastotalarda kabel orqali oluvchi signalni eng koʻp soʻnish koʻrsatgichidir.
Koʻpincha oʻralgan juftlik axborotlarni. faqat bir tomonga uzatish uchun ishlatiladi, yaʻni «Yulduz» yoki «Halqa» topologiya turlarida.
«Shina» topologiyali tarmoqlarda, odatda, koaksial kabel turidan foydalaniladi. Shuning uchun oʻralgan juft kabelni ulanmagan uchiga tashqi moslash qurilmasi (terminator) amalda deyarli qoʻllanilmaydi.
Kabellar ikki turdagi tashqi qobiqda ishlab chiqariladi:
polivinilxloridli qoplamali (PVX, PVC) kabellar arzon va xona sharoitida ishlatilish uchun moʻljallangan;
teflon qoplamali kabellar, nisbatan narxi qimmat va tashqi muhitida foydalanish ham mumkin.
Strukturali kabelli tizimlar – asosan sigʻimi, ishonchliligi va modifikasiyalashgan (turlanish) talablarga xos boʻlishi kerak. Ular gorizontal, vertikal va kampus tarmoqqa boʻlinadi. (1.2.4-jadval.)
1.2.3- jadval.
Oʻralgan juftlik toifadagi kabellar turining koʻrsatkichlari (ISO/IEC 11801 = EN 50173)
|
| |