|
Liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtali
|
bet | 25/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) Liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtali.
Liniyalar tuzilishi, yoki Aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud: nuqtaga-nuqta va koʻp nuqtali.
Nuqtaga-nuqta. Bu usulda maʻlumot junatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bevosita bir-biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy (alohida foydalanuvchiga tegishli boʻlgan) maʻlumotni saklangan xolda bitta qurilmadan ikkinchisiga uzatish usulidir. Bunaqa liniya jamoaviy yoki xususiy boʻlishi mumkin.
Koʻp nuqtali. Bu yagona liniya boʻlib, bir nechta kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa liniyada, koʻpincha, bitta qurilma, masalan, terminal, xoxlagan paytda maʻlumotni uzata (qabul qila) oladi.
Maʻlumot ikki xil usulda uzatiladi: ketma-ket va parallel signallar yigindisi kurinishida.
Maʻlumotni ketma-ket uzatish. Bu usulda bitlar bitta-bitta, biri ikkinchisida keyin uzatiladi. Ketma-ket uzatish koʻpincha buralma juftli telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul koʻpgina liniyalarda, modemlar, sichkonchalarda xam qoʻllaniladi. Kompyuterga ulanuvchi modem kartasi(platasi) odatda ketma-ket portga ulanadi.
Maʻlumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda maʻlumot qismlarga ajratilib, bu qismlar alohida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi. Parallel liniyalarda ketma-ket liniyalarga nisbatan maʻlumot ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 fut (5 metr) gacha bulishi mumkin, xolos. Shuning uchun bu usulda maʻlumot, masalan, protsessordan printerga uzatiladi.
Maʻlumot oqimi yoʻnalishlari
Ikkita maʻlumot almashinish uchun ulangan kompyuterlar o’rtasida maʻlumot almashinish uch xil usulda amalga oshiriladi: simpleks, yarim dupleks va toʻliq dupleks.
Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida maʻlumot faqat bir tomonga qarab oqadi. Bunga anʻanaviy televideniyeni misol keltirish mumkin: maʻlumot doim uzatish stantsiyasidan televizion antennalarga uzatiladi. Teskari yoʻnalishda xech qanday signallar uzatilmaydi. Baʻzi kompyuterlashgan maʻlumot yiguvchi qurilmalar xam shu printsip asosida ishlaydi (masalan, yer qimirlashi parametrlarini ulchaydigan seysmograf). (2.11-rasm.)
|
| |