|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 27/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot odatda, alohida qism, boʻlaklarda uzatiladi, ularni turli manbalarda turlicha paket, kadr yoki bloklar deb ataladi. Paketlarni ishlatilishining asosiy sababi shundan iborat, tarmoqda odatda bir vaqtning oʻzida bir necha aloqa seansi amalga oshiriladi («Shina» va «halqa» topologiyalarida), yaʻni turli juft abonentlar oʻrtasida bir vaqt oraligʻida ikki va undan ham ortiq axborot
uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina axborot uzatayotgan abonentlar oʻrtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga boʻlinmasdan uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent tomonidan tarmoq vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar barcha axborot uzatilib boʻlishini kutishga majbur edi, qator hollarda oʻnlab sekundlar va hatto minut zarur boʻlar edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha axborotni koʻchirish uchun). Abonent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa bogʻlanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi tarmoq turiga bogʻliq, lekin u odatda bir necha oʻnlab baytdan to bir necha kilobaytgacha tashkil topgan boʻlishi mumkin. Yaʻni muhimi shuki, katta axborot massivi uzatilayotganda toʻsiq va uzilishlar sababli xato qilish ehtimoli yuqoridir. Masalan, mahalliy tarmoqlarga xos boʻlgan bittali xato boʻlish ehtimolining kattaligi 10 -8 ni, paket uzunligi 10Kbit boʻlgan 10 -4 xatolikka yoʻl qoʻyilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit uzunlikdagi massiv esa 10 -1 ehtimoli bilan uzatiladi. Shuningdek, bir necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan tashkil topgan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab. Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak boʻladi, bu esa ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir. Katta massiv axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yoʻl qoʻyish ehtimoli yuqoridir va bu jarayon katta massiv boʻlsa cheksiz davom etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki soʻzlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga qaraganda, paketlab axborot uzatish afzalliklarga ega, yaʻni tarmoqdan foydali axborot oʻtishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu bir necha baytga ega boʻlgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. Chunki tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albatta tarmoqda axborot almashinuviga tegishli boʻlgan, shuningdek, bitlar bor (axborot almashinuvini boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va nomerini koʻrsatuvchi bitlar va hokazo).
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborotlarning nisbati keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari oʻrtasidagi axborot almashinuvining integral tezligini (oʻrtacha) kamaytirishga olib keladi. Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar
uchun optimal uzunlik oraligʻi), bunday paketlar tarmoq orqali uzatilganda tarmoqning oʻrtacha tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu uzunlik oʻzgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish usuliga, tarmoqdagi abonentlar soniga, uzatilayotgan axborot koʻrsatkichlariga va bundan tashqari koʻp faktorlarga bogʻliq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha qurilmalar xususiyatiga, tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish muhitining turiga, shuningdek, sezilarli darajada ishlatiladigan protokolga bogʻliqdir (axborot almashinuvining tarkibi). Xulosa qilib aytganda har bir, tarmoqda paket uzunligi oʻzgachadir. Lekin paket uzunligini aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjud, bu har qanday mahalliy tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Koʻpincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil topadi (1.2.14-rasm):
|
| |