|
II BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
|
bet | 35/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1) II BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR § 2.1. Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning tasnivlanishi
Kompyuter tizimlari
Kompyuter tizimi (KT) deganda – axborotni oʻlchash, uning shaklini oʻzgartirish va ishlash uchun moʻljallangan, funksional jihatidan birlashtirilgan hamda istʻemolchiga, yaʻni foydalanuvchiga u talab qiladigan koʻrinishda axborotni (maʻlumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari – oʻlchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat boʻladi [4].
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad – biror-bir jarayonni mantiqiy boshqarish vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika vazifalari, tasvirlarni ishlash va koʻpgina boshqa-boshqa vazifalardan birini yoki bir nechtasini amalga oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish nisbatan oson boʻlgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:
oʻlchashlar uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
avtomatlashtirilgan boshqarish uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
texnik diagnostika uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
tasvirlarni ishlash uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari va hokazo boshqa-boshqa xildagi hozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter tizimlarining nomlarini keltirib roʻyxatni davom ettirish mumkin. Masalan, video filmlarni yaratish jarayonida qoʻllaniladigan kompyuter tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni nashr qilish kompyuter tizimlari va hokazo.
Endi esa kompyuter tizimlarining bir-nechta belgilariga asosan quyidagicha umumlashtirilgan klassifikatsiyasini keltiramiz:
Qoʻllaniladigan sohasiga qarab – sanoatda, tijoratda, moliya va marketing sohalaridagi kompyuter tizimlari.
Boshqariladigan obʻektning xiliga qarab – korxonadagi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun moʻljallangan KTlari, loyihalashni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan KTlari va korxonani boshqarish uchun moʻljallangan KTlari.
Natijaviy axborotni qanday qoʻllanilishiga qarab:
axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yigʻish, saqlash hamda foydalanuvchining soʻroviga qarab kerakli maʻlumotlarni topib berish vazifalarini bajaradi;
axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak boʻladigan maʻlumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari – bitta kompyuterli, koʻp kompyuterli va koʻp prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar – tezkor (on line) va tezkor boʻlmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlash-tirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga toʻplangan holda, yoyilgan holda, maʻlumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va koʻp sathli ishlash vositalari sifatida quriladi.
|
| |