|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 33/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi; faza - modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o`zgaradi.
Modemlarning turlari. Ko`pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va boshqalar.
Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va
demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprosessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash yelementlariga egadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfigurasiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
vazifasi bilan — turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun - modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun faks-modemlar (haqiqatan ham, butunda ko`plab firmalar faks – modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
uzatish tezligi bilan - telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi (bit/s da): 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600, 56000 va h.k.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari (masalan, MT1932, MT 2834 va b.): ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutatsiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga oladi; modem va faks – modem rejimlariga ega.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalaniz. Avtonom modemlarni ko`pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki modem deb ataladi.
|
| |