• Birlamchi
  • Plezioxronli raqamli iyerarxiya
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet30/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    FEP (Front-End Processor). Bu qurilma katta kompyuter- meynfreymga ulangan mikrokompyuter boʻlib, uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi. U kommunikatsiya liniyasiga meynfreym maʻlumotlarini uzatadi, xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asosiy protsessor vaqtini kerakli hisob-kitoblarga sarflashga imkon beradi. FEP baʻzan kommunikatsiya kontrollyori deb xam yuritiladi.

    Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu maxsus koʻrinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi kanallarni yaratish uchun moʻljallangan boʻlib, soʻng boshqa tarmoqlarni yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini. birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi quydagidan iborat, u telefon apparatlarini bogʻlovchi telefon tarmoqlari qiladigandek yoki kompyuterlarni oʻzaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining
    terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning oʻrnida birlamchi tarmoq kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa oʻz navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat koʻrsatadilar. Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbattan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq boʻlib xizmat qiladi.
    Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yani kabelli aloqa yoʻllari va kommutatorlardan tashkil topgandir. Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish imkoniyatini beradi.
    Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjut:

    • plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);

    • sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);

    • zichlashtirilgan toʻlqinli multiplesirlash (DWDM);

    • optik transport tarmogʻi (OTN).

    Plezioxronli raqamli iyerarxiya (Plesiochronous Digital Hierarchy, PDH) texnologiyasi 60 yillar oxirida AT&T kompaniyasi tomonidan telefon tarmoqlarining katta kommutatorlarini oʻzaro ulash uchun yaratilgan. Bungachan ishlatilgan chastotali multipleksirlashli analog aloqa yoʻllari bitta kabel boʻyicha koʻp kanalli yuqori tezlikda va yuqori sifatli uzatishning oʻz imkoniyatlarini ishlatib boʻlgan edilar. Telekommunikatsion va telefon tarmoqlarida PDH texnologiyasiga oʻtish yangi davr boshlanganligini bildiradi – raqamli kommunikatsiyalar davri. Abonent uchun bu oraliqdagi kommutatorlardan oʻtishi davomida yomonlashmaydigan yuqori sifatli tovush ekanligini bildirar edi, analog tarmoqlarda esa yomonlashar edi. Bu operatorlarga, sekundiga birdan to yuzlab megabitlab keng oraliqdagi moslashuvchan ishonchli kanal vositalarini paydo boʻlganini bildirar edi.
    T-1 multipleksorini yaratilishi bilan PDH texnologiyasining boshlanishiga qadam qoʻyildi, u raqamli koʻrinishda multipleksirlashga, 24 abonentning tovushli trafigini uzatish va kommutatsiyalashga imkon bergan. Chunki abonent avvalgidek odatdagi telefon apparatidan foydalanar edi, yani tovushni uzatish analog koʻrinishda boʻlgan, T-1 multipleksorlarining oʻzi tovushni 8000 Gs chastota bilan raqamlashtirishni amalga oshirgan va shu bilan u abonentni 64 Kbayt/s tezlikda axborotlarni uzatishning elementar raqamli kanalini yaratgan.
    T-1 qurilmasida sinxron vaqt boʻyicha multipleksirlash texnikasi ishlatiladi.

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.