• Qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzili
  • Uzatuvchi abonentning tarmoq manzili
  • Xizmatchi axborot
  • Paketning nazorat sonlar yigʻindisi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet28/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    1.2.14-rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi.


    Boshlash kombinatsiyasi yoki priambula, adapter qurilmasini sozlashni yoki boshqa tarmoq qurilmasini paketini qabul qilib va ishlov berishni taʻminlaydi. Bu maydon boʻlmasligi yoki 1 bitdan iborat boshlash biti boʻlishi mumkin;
    Qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzili (identifikator), yaʻni tarmoqdagi har bir qabul qiluvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi qurilmaga axborot shaxsan oʻzigami yoki jamoa tartibiga kirgan biror abonentga balki bir vaqtning oʻzida tarmoqdagi barcha abonentlarga tegishli ekanligini tanishga xizmat qiladi.
    Uzatuvchi abonentning tarmoq manzili (identifikator), yaʻni tarmoqdagi har bir uzatuvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi abonentga paket qayerdan
    kelganligi haqidagi axborotni beradi. Paket tarkibiga uzatuvchi manzilini koʻrsatilishining sababi bir qabul qiluvchiga galma-galdan turli uzatuvchilardan paket kelishi mumkunligi uchun.
    Xizmatchi axborot – bu axborot paket turi, uning nomeri, formati, olib boriladigan yoʻnalishi va qabul qiluvchi qurilma bu paket bilan nima qilish kerakligini koʻrsatadi.
    Axborotlar – bu shunday axborotki, uni uzatish uchun paket hosil qilinadi. Haqiqatdan maxsus boshqarish paketlari mavjud, ularda axborot maydoni boʻlmaydi. Bunday paketlarni tarmoq buyruqlari deb qabul qilish mumkin. Axborot maydoni mavjud paketlarni, axborot paketlari deb yuritiladi. Boshqarish paketlari aloqa boshlanishini, aloqa tugashini, axborot paketini qabul qilinganligini tasdiqlanishini, axborot pa ketini soʻrashni va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
    Paketning nazorat sonlar yigʻindisi – bu sonli kod, uzatuvchi qurilma tomonidan maʻlum qoidalarga asosan hosil qilinib, paket haqida ixchamlangan maʻlumotdir. Qabul qiluvchi qurilma uzatuvchi qurilmada paket bilan amalga oshirilgan hisoblashlarni qaytarib, hosil boʻlgan sonni nazorat soni bilan solishtiradi va uzatilgan paketda xatolik bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Agarda paketda xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, u holda qabul qiluvchi qurilma axborotni takroran uzatilishini soʻraydi.

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.