|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 37/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Fizik uzatish muhiti – elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari oʻrtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmogʻini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yigʻindisi sifatida koʻrish imkonini beradi.
Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, juftli oʻramli va shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq platasi yordamida bogʻlanadi.
simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, yaʻni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bogʻlanadi.
Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi (tasniflanishi)
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari boʻyicha tasniflanadi:
Geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha;
Ishlab chiqarish boʻlimlarining miqyosi boʻyicha;
Boshqarish usuli boʻyicha;
Axborotni uzatish tezligi boʻyicha;
Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi boʻyicha.
Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
PAN – (PERSONAL- AREA NETWORK) – shaxsiy tarmoq bo’lib, bu kompyuter qurilmalarining simsiz tarmog`i.
LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, oʻzaro yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun moʻljallangan.
MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK) – shahar kabi
kattalikdagi geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmogʻi. MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.
WAN (WIDE AREA NETWORK) – davlat kabi yirik geografik hududni oʻz ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmogʻi minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, koʻpgina telefon tizimlari ham WANlardan iborat.
GAN (Global-Area Network) - barcha davlatlar va kontinentlarni birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.
|
| |