• 2. KLASTER USULIGA TA`RIF VA TADBIRKORLIK JARAYONIDA KLASTER USULIDAN FOYDALANISH……….2 3. INNOVATSION FAOLIYATNI KLASTER USULIDA QO‘LLASHDA UNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISH…6
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….19 1.KIRISH.
  • 2. KLASTER USULIGA TA`RIF VA TADBIRKORLIK JARAYONIDA KLASTER USULIDAN FOYDALANISH.
  • 1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klaster usulidan foydalanish




    Download 28,4 Kb.
    bet1/4
    Sana20.05.2024
    Hajmi28,4 Kb.
    #245548
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klas-www.hozir.org


    1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klaster usulidan foydalanish

    Innavatsion jarayonlarda klaster usullaridan foydalanish.
    REJA:


    1.KIRISH……………………………………………………………...1
    2. KLASTER USULIGA TA`RIF VA TADBIRKORLIK JARAYONIDA KLASTER USULIDAN FOYDALANISH……….2
    3. INNOVATSION FAOLIYATNI KLASTER USULIDA QO‘LLASHDA UNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISH…6
    4. INNOVATSION G‘OYA, ISHLAMA VA TEXNOLOGIYALARNI XALQ XO‘JALIGIGA TRANSFER QILISHDA KLASTER USULLARDAN FOYDALANISH……….8
    XULOSA………………………………………………………………16


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….19
    1.KIRISH.
    Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqaro amaliyotda sinalgan va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi bozor munosabatlarini va tajribalarini hatyotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. SHulardan biri klasterlar bo‘lib, hozirda iqtisodiyotimizning to‘qimachilik va engil sanoat sohasida ushbu tuzilma faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kirishilmoqda.Ko‘pgina manbalarda rivojlangan davlatlarning tajribalari barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda, investitsion faollikni oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda xalqaro logistik markazlari, erkin iqtisodiy zonalar kabi klasterlarning o‘rni va ahamiyati juda yuqori ekanligi ko‘rsatilgan. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajriba to‘plangan.


    2. KLASTER USULIGA TA`RIF VA TADBIRKORLIK
    JARAYONIDA KLASTER USULIDAN FOYDALANISH.
    Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning tahlillarida “klaster” tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan.

    Klaster – bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan korxonalar guruhi.
    Klaster – bitta geografik hududda joylashgan va bitta tarmoqni tashkil qiladigan firmalar guruhi.
    Klaster – maxsus sohalar bo‘yicha bitta geografik hududda faoliyat yuritayotgan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiruvchi kompaniyalar, institutlar guruhi.
    Klaster – gorizontal va vertikal ravishda funksional bog‘liq bo‘lgan firmalar guruhi.
    Klaster – jamoaviy, xususiy va yarim jamoaviy ko‘rinishda bir-biri bilan bog‘liq va o‘zaro biri-birini to‘ldiruvchi firmalar, tadqiqot va rivojlanish institutlari guruhi.
    Klaster – tijorat va notijorat tashkilotlari guruhi bo‘lib, u guruhda faoliyat yuritayotgan har bir firmaning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Klaster – hududiy konsentratsiyalashuvga asoslangan va texnologik zanjirga bog‘langan tovar va xom ashyo etkazib beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan industrlashgan majmua.
    Umumiy olganda klasterlashtirish bu bitta geografik hududda konsentratsiyalashgan va ma’lum bir aniq vazifani echishga qaratilgan firmalar guruhi bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy aloqadagi, jamoviy raqobatlashuvni mustahkamlash maqsadida ishchi kuchlarini o‘zaro birlashtiruvchi jarayondir.
    Hududni rivojlantirish uchun klasterli tuzilmalarni shakllantirish qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, vakolatlarni taqsimlash, tadbirkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro ta’sirlashish, axborot ayirboshlashni jadallashtirish va yangiliklarni targ‘ib etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini hamda hududlar innovatsion jozibadorligini yuksaltirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish kabi yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
    Tadbirkorlik tuzilmalari uchun klasterlar yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish, qo‘shimcha daromad olish, yangi bozorlarga chiqish, innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish, innovatsion faoliyatni infratuzilmaviy ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, kichik korxonalarni innovatsion faoliyatga jalb etish va pirovardida raqobatbardoshlikni ko‘tarish omili hisoblanadi. Bunda har bir klaster ishtirokchisi bo‘lgan korxona o‘z maqsadini ko‘zlagan holda nafaqat o‘z xo‘jalik faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshligini oshiradi, balki tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirishga ko‘maklashgani holda, hududda faoliyat yuritayotgan turli xildagi boshqa korxonalarning iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi.
    Xorijiy va mahaliy ekspertlarning ta’kidlashicha, hududiy klasterda ishtirok etish fan va ta’lim muassasalari uchun ham jozibador bo‘lishi mumkin, chunki bu ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta’minoti darajasini yuksaltirish, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
    Xorijlik ekspert Maykl Porter o‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib qayd etishicha, klaster strategiyasining ustuvorligi korxona (firma)lar uchun ta’minotchilarga, malakaviy xodimlarga, axborotlarga, xizmat va ta’lim markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlari sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi misli ko‘rilmagan imkoniyatlar bilan izohlanadi.

    Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy-uslubiy ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlarni ixtiro qilish uchun sharoit paydo bo‘ladi. Klasterlashtirishga korxonalar innovatsion faoliyatini tezlashtirish asosida raqobatbardoshlikni oshiruvchi, raqobatning kuchli ta’siriga qarshi turish jarayonidagi talablarga to‘la javob beruvchi tuzilma sifatida baho beriladi.


    Tahlilchilarning yana bir fikriga ko‘ra, yuqori raqobatlashuv ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kompaniya o‘z yutug‘i orqali atrofdagi iqtisodiy sub’ektlarga, ya’ni iste’molchilar, xom ashyo etkazib beruvchilar va raqobatchilarga ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Atrofdagilarning kuchayishi esa kompaniyaning raqobatbardoshlikni yanada ko‘tarishiga olib keladi. Ayni shunday sharoit klasterlar rivojlangan hududda yaqqol namoyon bo‘ladi.
    Innovatsion marketing ilmiy-texnik va yangi g‘oya, ishlama va texnologiyalarni hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har tomonlama o‘rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga transfera qilish. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste’mol bozori hisoblanadi. Ularni qidirish, tanish, maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va bular orqali o‘z biznesini tashkil etish lozim bo‘ladi.
    Innovatsion marketingni asosiy o‘rganadigan yo‘nalishlari iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, sotsial, psixologik, huquqiy faktorlari innovatsion jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
    - ishlab chiqarish korxonalardagi innovatsion guruhlarni ishlari tezlik bilan tarqalishi innovatsion texnologik bilimlarni yuksalishiga raqobatbardosh bosimlarni boshqa klaster bo‘limlarga o‘tib korxona faoliyatini yuksalishiga olib keladi;
    - yangi bilimlarni va texnologiyalarni tezlik bilan rag‘batlantirilishi ishlab chiqarishda bo‘limlarni shakllantirishga sababchi bo‘ladi;
    Oxirgi o‘n yilliklar davrida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan davlatlarda klaster strategiyalari rivojlanib bormoqda. Bu esa dunyo ilm-faniga yangi g‘oyalarni va ishlamalarni yaratish bo‘yicha katta saboq bo‘lmoqda. SHuning uchun bugungi kunda ishlab chiqariladigan tovarlarni sifat ko‘rsatkichlari darajasini oshirishda zamonaviy yangi nanotexnologiyalar, asbob uskunalar, laboratoriyalar uchun aniqlikni va tezlikni oshirish uchun yangi usullar va priborlar ishlab chiqilgan. Klasterlar asosan yuqori bilim darajasi, talablariga raqobatbardoshlik mezonlariga javob beradigan markazlarda tashkil topmoqda. Hozirgi vaqtda klaster talablari bo‘yicha olib borilayotgan ko‘p ishlar iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda. Klaster asosan yangi g‘oyali ilm-fan yutuqlarini har tomonlama mutahassislar ishtirokida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar va texnikalar orqali olingan yangi assortimentdagi tovarlarni yoki xizmatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilishini ta’minlaydigan va bozor "chuqurligini" yangi talab uchun zarur bo‘lgan raqobatbardosh tovarlar bilan ta’minlab maqsadga yo‘naltirilgan foydani olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy-tadqiqot ko‘rsatkichlari bilan isbotlangan va xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bunday ishlarni kichik biznes sub’ektlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Klaster talablari siyosatini markazida esa har tomonlama o‘zaro faoliyatlar bo‘yicha bog‘lanish orqali qatnashuvchilarni bir-biriga xizmat yuzasidan bo‘lgan e’tibori va sadoqati birgalikda bajarilayotgan ishlarni tez va muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Klaster sistemasini tashkil etishda kichik va katta ishlab chiqarish korxonalar orasidagi gorizantal bog‘lanish esa bozorda bir guruhga oid tovarlarni zamonaviy talablariga mosligini ta’minlaydi. Zamonaviy klasterlar, odatda bir yo‘nalishga yo‘naltirilgan bir qancha ishlab chiqarish bo‘laklaridagi shu sohaga tegishli bo‘lgan firmalarni maqsadga yo‘naltirilgan zanjirni bo‘laklari hisoblanib doimo ular ma’lum bir mahsulotlar yaratishga ihtisoslashgan bo‘ladi.
    Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli - ilmiy texnik mahsulot — iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga aylanmoqda. Aholining turmush farovonligi o‘sishi, mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’ati, ta’lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy-texnologik qayta tuzishga bog‘liq bo‘lmoqda. Bu sohada yuqori malakali ilmiy, tadqiqotchi va muxandis kadrlar salohiyati katta rol o‘ynaydi.

    Download 28,4 Kb.
      1   2   3   4




    Download 28,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. kirish klaster usuliga ta`rif va tadbirkorlik jarayonida klaster usulidan foydalanish

    Download 28,4 Kb.