Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




Download 7,52 Mb.
bet94/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

3.3.1- rasm. Intranet va extranet tarmoqlarining tuzilishi

Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:



  • Boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo’nalishlarini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid bo’lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taqsimlanganlik (Aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;

  • Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko’proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;

  • Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar tug’diradi.

  • Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan xolda, Web - serverlarda saklanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi, axborot himoyasi osonlashadi;

  • Intranet o’ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa muhitini o’zida mujassamlantirgan;

  • Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko’rinishida bo’lgani uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yo’lga qo’yilishi oson;

  • Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni mavjud turli-tuman vositalar, Aloqa kanallari asosida xam tez yo’lga qo’yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi.

Intranetdan yuridik shaxslar quyidagi yo’nalishlarda foydalanadilar:

  • Yuridik shaxs xujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet serverlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, aksiyalar ro’yhati, ichki ma’lumotnomalar, standartlar, qoidalar va umuman yuridik shaxsning e’lon qilinadigan xar qanday xujjati Web - sahifalar tarzida chiqarib turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning barcha xodimlari va mexmonlar uchun zarur axborot Web -sahifalarda yuritilib boriladi.

  • Yuridik shaxsning ma’lumotlar bazasi(jamgarmasi)dan foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi ma’lumotlar bazasi bilan tula ishlay oladi: server bazasidagi ma’lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML shaklini olib ishlab, sungra serverga qaytarish kifoya. Server tegishli uzgarishlarni ma’lumotlar bazasiga o’zi kiritib qo’yadi.

  • Xat-xabar, xujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va UseNet xizmatlarini ishga tushirib qo’yish kifoya.

  • Interaktiv (o’zaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv munosabatlarni amalga oshiruvchi Web -sahifalarni tegishli dasturlar bilan ta’minlab qo’yish kifoya.

  • Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Xozirgi kunda xujjatlar oqimini Intranet asosida yo‘lga ko‘yishda marketing, buxgalteriya, reja bo‘limi, moliya bo’limi omborxona ishlari va boshqa bo’limlar ishini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyalari keng qo’llanilmoqda.

  • Ta’lim va malaka oshirish. Yuridik shaxsni ta’lim va ilmiy-texnik axborot bilan ta’minlashda Intranetga muqobil yechim topish qiyin. Universitet, kollej, ilmiy muassasalarning talaba, professor – o’qituvchi va boshqa xodimlari uchun Intranet muhitining qulayliklari haqida ortiqcha so’zga xojat xam yo’q.

Intranet texnologiyasi yuridik shaxsning mavjud maxalliy(lokal) yo mintaqaviy (keng makonli - global) kompyuter tarmog’i negizida tez va eng kam sarf-xarajatlar evaziga Intranet hosil qilish imkonini beradi.

      1. Download 7,52 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

Download 7,52 Mb.