• Texnologiyaviy masallar.
  • Mavjud kompyuter tarmog’i asosida Intranet yaratish
  • Intranetni yaratish texnologiyalari




    Download 7,52 Mb.
    bet95/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    Intranetni yaratish texnologiyalari


    Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim.

    Tashkiliy masalalar.


    Avvalo, Intranet strategiyasini belgilovchi qarorlar qabul qiluvchi mas’ul shaxs - Intranet rahbari tanlanadi va uning ixtiyoriga maslaxatchilar, va ishchi guruh biriktiriiladi. Maslahatchilar sifatida Intranet yaratish tajribasiga ega mutaxassis-ekspertlar tanlanadi. Ishchi guruhga tarmoq tizimi ma’muri, Web -masterlar, tarmoq xavfsizligi bo’yicha mutaxassis, axborot ta’minoti bo’yicha mutaxassis, dasturlovchilar va foydalanuvchilar vakillari kiritiladi. Intranetdan foydalanuvchilar vakillari uchun qisqa muddatli o’qish tashkil etiladi.

    Texnologiyaviy masallar.


    Intranet yaratishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:

    • Mavjud kompyuter tarmog’i (agar u mavjud bo’lsa) yoki unga tegishli qismlardan imkoni boricha to’la foydalanish;

    • Sinovdan o’tgan mavjud texnologiyalarni qo’llash;

    • Tayyor dastur ta’minotlarini qo’llash;

    • Internetning ochiq standartlaridan foydalanish.

    • Intranetning bosh texnologiyasi - Web texnologiyasidir. Chunki, u axborotni nashr qilish va undan birgalikda foydalanish uchun juda qulay bo’lib, tarmoqning asosiy tuguni Web -server xosil qilish uchun katta mablag’ talab qilmaydi.

    • Yuridik shaxs xududida Intranet yaratilishi oldidan ishlab turgan kompyuter tarmogi bor – yo’qligi Intranet yaratish bo’yicha bajariladigan ishlar ko’lami va tartibiga, yechimlar mazmuniga va ish muddatlariga juda katta ta’sir ko`rsatadi.
        1. Mavjud kompyuter tarmog’i asosida Intranet yaratish


    Mavjud kompyuter tarmogida Intranet yaratishda uni quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan deb qarash mumkin:

    • Kompyuter tarmogi;

    • Tarmoq amal tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi lozim;

    • Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog’idagi mavjud yo unga qo'shimch kompyuter bo'lishi mumkin;

    • Serverning dasturiy ta’minoti; u Web-tarmoq yaratishga, shu jumladan, mijozlardagi brouzerlarning HTTP formatidagi su'rovlarini qo’llab-quvvatlaydigan bo’lishi lozim;

    • Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmogida mavjud yo unga qo’shimcha kompyuterlar bo’lib, ularda TCP/IP protokolini qo’llab- quvvatlovchi brouzer o’rnatilib, tarmoq dasturiy ta’minoti sozlab qo’yilgan bo’lishi lozim;

    • Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud himoya tizimi boshqatdan qayta qurishni talab qiladi.

    Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda quyidagi amallarni bajarish kifoya:

    • Kompyuterlarni TCP/IP tarmogiga birlashtirish;

    • Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server xosil qilish;

    • Web-serverda barcha zarur xujjatlarni, audio-, video-fayllarni, ma’lumotlar jamg‘armalarini joylashtirish;

    • Xar bir mijoz kompyuterda Web-brauzer o’rnatish.

    Agar fayl serveri sifatida kompyuter tarmog’ida Windows NT Server amal tizimi ishlatilayotgan bo’lsa Web-server urnatish juda oson ko’chadi. Buning uchun Microsoft Book Officeli li kompakt-diskdan Microsoft Internet Information Server (MIIS)ni unga yuklash kifoya. Uni www.microsoft.com dan yuklab olish xam mumkin. MIIS o‘rnatish ustasi avtomatik uchta axborot serverini kompyuterga o’rnatib qo’yadi. Bular:

    Web-texnologiyasiga qo’shimcha suratda Internet texnologiyalaridan boshqalarini xam qo’llash lozimligini aniqlab ularni amalga oshiruvchi dasturlarni o‘rnatish lozim. Bular elektron pochta (POP3/SMTP), teleanjuman (NNTP - network news transfer protocol) xizmatlarini yo’lga qo’yish uchun mo’ljallangan dasturlar - protokollar bo’lishi mumkin. Shuningdek, mavjud kompyuter tarmog’idagi axborot himoyasi vositalarini boshqatdan qayta qurish lozim.

        1. Download 7,52 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intranetni yaratish texnologiyalari

    Download 7,52 Mb.