• Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari.
  • Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana04.12.2023
    Hajmi1,11 Mb.
    #110832
    1   2   3   4   5   6
    1.Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim. 
    O‗qitishdagi axborot texnologiyalar bu o‗qitish faoliyatida qo‗llaniladigan 
    elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir.Elektron vositalar tarkibiga 
    apparatli,dasturli va axborotli komponentlar kiradi.Ularni qullash ko‗rsatmalari 
    o‗qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta‗minotida keltiriladi. 
    Masofaviy 
    ta‘lim 
    bu 
    o‗qitishning 
    insonparvar 
    shakli 
    bo‗lib,an‗anaviy,yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga 
    asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‗quv materialini mustaqil o‗zlashtirish, 
    o‗qituvchi va o‗quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. Shunga ko‗ra 
    masofaviy o‗qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik 
    vositalari va sirtqi ta‘limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‗z navbatida 
    masofaviy ta‘lim tizimini tashkil etish to‗g‗risida gapirishga imkoniyat beradi. 
    Masofaviy ta‘lim tizimi apparatli,dasturli va uslubiy vositalarning murakkab 
    kompleksi bo‗lib,o‗z ichiga server va ishchi stansiyalar,shaxsiy kompyuterlar, 
    kommunikatsiya vositalari, umum tizimli va tarmoqli dasturlar ta‗minotiga, lokal 
    va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari,o‗rgatuvchi 
    dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‗lgan 
    audio va video texnikalarni oladi. [2] 
    Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari. 
    O‗quv jarayonini tashkil etishda ochiqlik va individual yondoshuv. 
    Yetakchi oliy o‗quv yurtlari va uzoq masofadagi o‗quv-konsultativ punkt 
    bazasidagi markazdan tashkil topgan masofaviy o‗qitish tizimining markazlashgan
    strukturasi. 
    Kontakt va nokontakt o‗quv davrlari almashadigan masofaviy o‗qitish jarayonini 
    tashkil etish. 
    O‗qituvchi, konsultant va menenjer sifatlariga ega bo‗lgan o‗qituvchi-
    konsultantni (tyutar) o‗quvchiga bog‗lash. 


    O‗quvchilarning bir-biri va o‗qituvchi bilan o‗zaro zamonaviy tehnik vositalar, 
    axborot texnolgoiyalari va an‗anaviy pochta yordamida masofadan va yuzma-yuz 
    muloqotini tashkil etish. 
    Masofaviy o‗qitish tizimini tashkil etishning asosiy tspriniplarini ko‗rib 
    chiqamiz. 
    Ta‘limning insonparvarlik printsipi. Bu printsip uzluksiz intensiv o‗qitish 
    tizimida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‗lib,masofaviy o‗qitish tizimida uning 
    ahamiyati yanada oshadi.Uning mohiyati shundaki,bilim olish jarayoni o‗quvchi 
    uchun maksimal qulay qilib tashkil etiladi.Bunday o‗qitish insonlarning ta‘limga 
    ehtiyojini qondirishga qaratilgan.Masofaning uzoqligi,insonlarning sog‗ligi yoki 
    boshqa sotsial sabablar ham ularning bilim olishga monelik qilmaydigan sharoit 
    yaratadi. 
    Masofaviy o‗qitish tizimida o‗quv jarayonini tashkil etishda pedagokik 
    yondoshuvlarning ustuvorlik printsipi.Masofaviy ta‘limda an‗anaviy ta‘limdagi 
    kabi ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik yondoshuv ustuvorligi 
    ta‗minlanadi.Tajriba shuni ko‗rsatadiki,tizimning pedagogik tomoni ustuvor 
    bo‗lganda sistemaning samaradorligi oshadi. 
    Yangi axborot texnologiyalarini qullashning pedagogik nuqtai nazardan 
    maqsadga muvofiqlik printsipi.Bu printsip masofaviy o‗qitish tizimini tashkil etish 
    va loyihalashdagi har bir qadamning samaradorligini pedagogik jihatdan 
    baholashni talab etadi. Shuning uchun birinchi o‗ringa tehnikani kiritish emas, 
    balki o‗quv kurslarini tegishli ravishda mazmunan boyitish kerak, uni yangi 
    axborot tehnalogiyalar orqali o‗quvchiga yetkaziy yo‗llarini yetkazish lozim.
    Ta‘lim mazmunini tanlash printsipi: Masafoviy ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim 
    standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak.SHuningdek,ta‘lim maz 
    munini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim.
    Axborot havfsizligini tanlash printsipi:
    Ta‘limning boshlang‗ich darajasi printsipi: Ta‘lim samaradorligini oshirish uchun 
    ma‗lim bir boshlang‗ich bilim va ko‗nikmalar zarur. 


    O‗qitish tehnalogiyasini moslik printsipi.O‗qitish texnologiyasi masovafiy 
    o‗qitish modeliga adekvat bo‗lishilozim. 
    Masofaviy o‗qitish tizimi an‗anaviy ta‘lim tizimiga zid xususiyatga ega 
    bo‗lmasligi kerak.Masofaviy o‗qitishda ham an‗anaviy ta‘lim tizmidagi ta‘lim maz 
    muni saqlanadi.Lekin uning farqi ta‘lim oluvchilaruchun qulaylikning 
    yaratilishida. 

    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim

    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish