Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi




Download 180,07 Kb.
bet2/54
Sana04.12.2023
Hajmi180,07 Kb.
#110863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti
Hasan, 1.C tiliga kirish kurs ishi, 26052021 avtob blank, ТЕКСТ ЛЕКЦИЙ ПО ФИЛОСОФИИ - 2022, 8-mavzu, “O‘g‘ri” hikoyasi bo’yicha savollar, 610141748108115, Документ Microsoft Word (2), Bayonnoma Matematika, GULNOZA TIKUV SEXI, 11111111, Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi.(Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat), Бандихон Бектепа КСЗ 3 ичимлик сув рабочий акт, ........................Kurs ishi..
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:Malakaviy bitiruv ishi matematika fanida muhim o`rin tutgan matnli masalalarni yechish usullariga bag’ishlangan bo`lib,o`quvchilar bunday masalalarni yechishda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Buning sababi bunday masalalar mantiqiy fikrlashni talab qilishi bilan birga masala shartiga mos tenglamani tuzish va uning ratsional yo`l bilan yechishdagi ketma-ket bajariladigan amallarda ko`riladi. Agarda ushbu mavzuga oid testlar qaralayotgan bo’lsa, u holda ish yanada murakkablashadi, chunki bunda vaqtning chegaralanganligini ham inobatga olish kerak bo`ladi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimda matnli masalalarni bir nechta bo`limlarga bo`lib,har bir bo`limda mavzu yuzasidan yetarlicha ma`lumotlar berilgan va misollar asosida tahlil qilingan, shuningdek ushbu bitiruv malakaviy ishimdan qo`llanma sifatida foydalanish mumkin.
Keyingi paytlarda respublikamiz hukumati tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga katta e`tibor qaratilmoqda. Unda o’quvchi ishi mavzuning xuddi shu jihatlarini yoritishga qaratilganligi bilan dolzarb hisoblanib, unda matnli masalalar bitiruvchi tomonidan turli sinflarga ajratilib, ularning yechish usullari berilgan.Yoshlarning bilim darajasini yanada yuksaltirish, ularning fan olimpiadalarida faol ishtirokini ta’minlash va sovrinli o’rinlarni egallashlariga imkon darajasida yordam berish,jahon miqyosidagi ilmiy salohiyati yuqori yoshlar qatoridan joy egallashlariga ko’maklashish eng asosiy va dolzarb masalalardandir. Ularning moddiy texnika bazasi kuchaytirish, o’qituvchilarning ilmiy va uslubiy salohiyati yuksaltirish orqali yuqori malakali, xalqaro standartlar talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash,talabalarga yangi pedagogik va ta`lim texnologiyalaridan foydalanib zamonaviy bilim berish, shu maqsadda o’qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularni eng so’nggi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish masalasi dolzarb bo’lib turibdi.Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin bizning o’zbek yigit-qizlari jahon arenalarida sport va ilm-fanning turli sohalarida yutuqlarga erishib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ularga o’z sohasini mukammal biladigan mutaxassislar bo’lib yetishishi uchun jahon standartlari darajasida bilim berish, fanlarni chuqur o’rgatish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Download 180,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Download 180,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi

Download 180,07 Kb.