• III. Xulosa . IV. Adabiyotlar ro`yxati . Kirish. Mavzuning dorzarbligi
  • Autodesk
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti Badiiy grafikasi fakulteti «Muhandislik grafikasi»




    Download 4.87 Mb.
    bet2/7
    Sana07.06.2021
    Hajmi4.87 Mb.
    #14814
    1   2   3   4   5   6   7
    Buxoro 2015

    REJA

    PROYEKSION CHIZMACHILIK MAVZULARINI AUTO CAD DASTURIDA BAJARISH METODIKASI



    Kirish.

    I BOB. AUTO CAD DASTURINING GRAFIK IMKONIYATLARI

    1.1-§. Auto CAD dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar.

    1.2-§. Auto CAD 2007 grafik dasturining asboblar panellari.

    II BOB. AUTOCAD DASTURIDA AYRIM GRAFIK AMALLARNI BAJARISH USULLARI.

    2.1-§. Auto CAD grafik dasturida detalning proyeksiayasini bajarishga doir ko`rsatmalar.

    2.2-§. Auto CAD grafik dasturida uch o‘lchamli shakllar yasash.

    III. Xulosa.

    IV. Adabiyotlar ro`yxati.

    Kirish.

    Mavzuning dorzarbligi - Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, kompyuterlarning hisoblash quvvatini keskin oshishi ishlab chiqarish va loyihalashda dasturiy ta`minotlarni keng tarqalgani muhandislar uchun avtomatlashgan loyihalash tizimlarini nafaqat ko’rgazmali vositalarni tayyorlashda balki kundalik muhandislik muammolarini echishda ham atroflicha qo’llash imkoniyatini yaratdi. Xalqaro miqyosida tajribali muhandislar sonini oshib borayotgani, mustaqil O’zbekistonimizda sanoat tarmoqlarini mahalliylashtirish hisobiga dunyo bozorida xalqaro raqobat sharoitida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqishda yangi mahsulotlarni loyihalash, konstruktsiyasini yaratish, ularni sinovdan o’tkazib ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda tezkor zamon avtomatlashtirish tizimini joriy etishni talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtida bo’lajak yosh mutaxasis muhandislarga loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarining eng zamonaviy usullari, uning jozibador va serqirra imkoniyatlarini atroflicha o’rgatish talabini qo’ymoqda.

    Avtomatlashgan loyihalash tizimi (SAPR) fanidan farqi o’laroq bu fan loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslarini, ob`ektni birlamchi hujjat ko’rinishidagi texnik topshiriqdan ob`ektni yaratish uchun etarli ma`lumotlarni, konstruktorlik xarakteridagi hisob kitoblar va tadqiqot ishlari majmuasini to’liq hujjatlar to’plamini, ob`ekt ko’rinishining yakuniy ifodasigacha bo’lgan jarayonlarni, loyihalash jarayonlarni avtomatlashtirishning texnik ta`minoti tarkibi, yuqori unumli texnik vositalar, hisoblash tarmog`i, uslubiy, matematik va lingvistik ko’rinishdagi dasturiy ta`minotlar konstruktorlik loyihalash dasturlari, informatsion ta`minot, ma`lumotlarni taqdim etish darajalari, ma`lumotlar bazasini relyatsion, tarmoq va ierarxik modellari, matematik modellar elementlarini olish metodikalari, loyihalash ob`ektlarini matematik modeli atroflicha o’rganiladi.



    Ushbu bitiruv malakaviy ish loyihalash tizimining asosiy printsiplari, aspektlari, asosiy kontseptsiyalari, kompyuter texnologiyalari asosida loyihalash, konstruktsiyalash hamda ishlab chiqarishga yondoshuv, CAD/CAE/CAM tizimi, uning mohiyati, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimining asosiy komponentlari, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimida qo’llaniladigan dasturiy paketlar, ular bilan ishlashning nazariy asoslari, grafik dasturlash, chizmalarga avtomatlashgan ishlov berish tizimi, geometrik modellashtirish tizimi va ularning amalda qo’llash yo’llari aniq misollarda keltirilgan.

    Talabalar loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishda qo’llaniladigan dastur va makroslarni yaratish hamda mavjud dasturiy ta`minotlardan samarali foydalanish ko’nikmasini hosil qilishni nazarda tutadi va shu orqali kelgusida tizim foydalanuvchisi sifatida tizimning tashkil etuvchilari to’g`risida fundamental ko’nikma hosil qiladi.

    Shuning uchun loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar uchun qo’llanmada asosiy e`tibor foydalanuvchi interfeysi va uning sintaksisiga asosiy e`tiborni qaratishni talab qiladi, bu esa bo’lajak mutaxasis ma`lum doirada nazariy hamda amaliy ko’nikma va bilimga ega bo’lish lozimligini taqazo etadi. Bu bilim va ko’nikmalarsiz mutaxasis hujjatlar tizimi terminologiyasida jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi, ayniqsa bunday mashaqatlar shu hujjatlarda aniqlangan xatolar to’g`risidagi xabarlarni tahlil qilish hamda bartaraf etishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

    Jaxon tajribasiga ko’ra barcha loyixalash ishlarini o’quvchi va talabalar, ilmiy xodimlar va loyixachi- konstruktorlar hozirgi zamon grafik dasturlaridan biri bo’lgan Auto CAD dasturi asosida kompyuterda bajaradilar.

    Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko’plab dastur mahsulotlari mavjud bo’lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o’rin tutadi. U asosiy bo’lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi degan umiddamiz.

    “Kompyuter grafikasi” fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo’lakarga bo’lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni o’tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi. Aks holda o’zimiz buyruqlar majmuasini noto’g’ri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab etishimiz o’rinsiz. Qisqa qilib aytganda AutoCAD grafik dasturini o’rganishda dastlab informatika so’ng chimachilik va chizma geometriya fanlari o’zlashtirilgan bo’lishi lozim.



    Tadqiqot dorzarbligi: shundan iboratki bugungi kunimiz texnika va intelektual avlod asri bo`lib, chizmachilik kursi har bir mavzular o`zining alohida o`rinlaridan birini egallaydi. Hozirda texnika taraqiyoti jadal rivojlangan bir paytda kompyuter grafik dastur orqali murakkab bo`lgan chizmalarni osongina chizish imkonini berdi. Mavzuni olishdan maqsad proyeksion chizmachilik mavzularini Auto CAD dasturida bajarish usullarini hamda imkoniyatlarini ko`rsatish. Bu asosan bir necha proyeksion chizmachilik mavzularini Auto CAD dasturida chizish talaba va o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini oshirishga va grafik savodxonligini oshirishni ta`minlaydi.



    Download 4.87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 4.87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti Badiiy grafikasi fakulteti «Muhandislik grafikasi»

    Download 4.87 Mb.