• > fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu : Lazer nurini modulyatsiya qilish
  • Kurs ishi himoya qilingan sana: “____”___________2022 yil Baho “___” ___________ BUXORO – 2022 yil Mavzu: LAZER NURINI MODULYATSIYA QILISH
  • II bob. Lazer nurining modulyatsiyasi 2.1. Modulyatsiya nima va uning turlari 2.2. Optik rezonatorlar Xulosa Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti kafedrasi




    Download 18.96 Kb.
    bet1/3
    Sana07.01.2024
    Hajmi18.96 Kb.
    #131675
      1   2   3
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org
    N kon, charos, ragbatlantirish, Документ Microsoft Word, 35 dars Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari, Animal-Cards, 4-Mavzu, kompyuter tizimlari15, 1-amaliy m, kasb-talimi, 10-amaliy mashg\'ulot, gidravlika, 7-sinf Algebra yangi darslik, 3.3-2, 7-mavzu

    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti kafedrasi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI <> KAFEDRASI
    << Lazer fizikasi >> fanidan tayyorlagan
    KURS ISHI
    Mavzu : Lazer nurini modulyatsiya qilish
    Bajardi : Fizika-matematika fakulteti, 1-4FIZ18 guruhi talabasi,
    Samandarova Sabina Abduhalim qizi
    Tekshirdi: _____________________________________________
    Kurs ishi himoya qilingan sana: “____”___________2022 yil
    Baho “___” ___________


    BUXORO – 2022 yil
    Mavzu: LAZER NURINI MODULYATSIYA QILISH
    Reja:
    Kirish
    I bob. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot
      1. Lazerning yaratilish tarixi


      2. Lazerlarning ishlash prinspi




    II bob. Lazer nurining modulyatsiyasi
    2.1. Modulyatsiya nima va uning turlari
    2.2. Optik rezonatorlar
    Xulosa
    Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati

    Kirish
    Fan va texnika asosidagi sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi sifat jihatdan yangi materiallarni ishlab chiqarish va yangi zamonaviy texnologik jarayonlarni yaratilishiga qat’iy bog’langandir. Hozirgi zamon rivojlangan texnologiyalar bilan birgalikda teng yurishlik uchun ishlab chiqarish tizimlarini yangilash yoki modernizatsiya qilish lozim bo’ladi. Ishlab chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish natijasida birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotni tez, sifatli, jahon bozori talablariga to’la qonli javob bera oladigan va albatta ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlaridan, ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash, bajariladigan ishda vaqt sarfini kamaytirish, tan narxni pasaytirishga xizmat qiladi.
    Tez rivojlanayotgan texnologik jarayonlarning asosiylaridan biri bu lazer texnologiyasidir. Bu texnologiya yangi texnik qurilma-lazer paydo bo’lgandan keyin rivojlandi. Lazer so’zi quyidagi “light amplification by stimulated of radiation” ifodalardan olingan. Bu so’zning ma’nosi– majburiy kvant nurlanishi natijasida yorug’likning kuchayishini bildiradi.
    O’tgan davr ichida lazerlar fan va texnikaning murakkab masalalarini yechish asbobiga aylandi. Lazer yordamida ishlab chiqarishning o’ta murakkab texnologiyalari, fanning nozik tadqiqotlari, inson sog’lig’ini saqlash davolash, harbiy qurollar, aloqa tizimlari va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Bularning barchasiga lazer nurining o’ta ingichka to’plamida yadro portlashi energiyasidek katta energiyani mujassamlashtirish mumkinligidir. Shu tufayli lazerlarni o’rganishga va hayotda qo’llashga bo’lgan qiziqish hech ham susaymaydi.
    Mamlakatimizda ham bu sohaning tadqiqot ishlariga alohida e’tibor berilib, O’zFA Issiqlik fizikasi bo’limi “Lazerlar fizikasi” instituti, Elektronika, Yadro fizikasi institutlarida, O’zMU, TATU, TDTU larida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi va mutaxassislar tayyorlanadi.
    Lazerli kesish, svarka qilish va legirlash ishlari ishlatilayotgan materialni tejab qolmasdan, shu bilan birga, qayta ishlanayotgan materialni yangi xossalarini olish va o’rganish imkoniyatlarini oshiradi.
    Fan va texnikaning hozirgi rivojlanish sur’atlari ko`plab yangi moddalar va texnologiyalar yaratilishini talab etadi. Shu munosabat bilan tez rivojlanayotgan texnologik jarayonlar qatorida lazer texnologiyalari muhim o`rin egallaydi. Yorug’likning majburiy nurlanishlar jarayoni orqali elektromagnit to`lqinlar hosil qilish, ularni kuchaytirib nur dastasiga aylantirish orqali hosil qilingan lazer nuri ko`plab amaliy jarayonlarda beqiyos texnologik asbob bo`lib qolmoqda. Shuning uchun lazerlarning ishlash prinsiplari va xossalarini chuqur tahlil qilish orqali ularning qo`llanish samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan biridir. Ma’lumki, lazerlar moddalarning xossalarini, ularning optik xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Lazer nurlarining texnologik imkoniyatlarini uning faqatgina ilmiy-tadqiqot ishlarida emas, balki prinspial jihatdan yangi bo’lgan lazer sistemalar qidirib topishga, yaratishga olib keldi. Bu tadqiqotlar natijasi zamonaviy lazerlar ishlab chiqarish lazerlar fizikasi va texnikasining rivoji mavjud qurilmalarni takomillashtirish va yangi turdagilarni yaratish maqsadida imkoniyatlari kengroq bo’lgan moddalarni, xususan yarim o’tkazgichlardan foydalanishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, yarimo’tkazgichli moddalari tarkibiy tuzilishlarini o’zgartirish orqali turli-tuman xususiyatlarga ega bo’lgan elementar va murakkab tarkibli faol moddalar olish mumkin. Shunday xususiyatlari tufayli, ulardan turli xil lazerlar yaratish imkoniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.

    Download 18.96 Kb.
      1   2   3




    Download 18.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti kafedrasi

    Download 18.96 Kb.