CSS stillar quyidagicha yoziladi: H1{color: blue; font-size:14 px}
1. Selektor nomi- yozilgan stilni qaysaytgda foydalanish(misolda H1).
2. Qavs- stillar boshlanganini bildiradi.
13
3. Stil xususiyati(Свойство)- qaysi stil xususiyatidan foydalanishni
o‘rnatish(misolda color,
font-size).
4. Qiymat- tanlangan stil xususiyat qiymati(misolda blue, 14 px).
Agar bir necha stil xususiyatlaridan foydalaniladigan bo‘lsak, ular qo‘shtirnoq(;)
orqali ajratiladi, oxirida qo‘shtirnoq qo‘yish shart emas. Stil xususiyatlari yig‘indisi
shaklli qavs ichiga olinishi shart({ }) va har bir stil xususiyatidan so‘ng, uning
qiymatini berishdan oldin ikki nuqta(:) qo‘yilishi kerak.
CSS stillarini HTML kodga ulash. HTML kodga ulash bir necha xil usulda ulash mumkin:
1.CSS stillarini alohida faylga yozib, bu faylni HTML kodida chaqirib ishlatish
mumkin. Misol uchun, "style.css" nomli fayl yaratib ichiga quyidagi stil xususiyat
va qiymatlarini kiritamiz.
h1{color:blue;font-size:14px}
Undan so‘ng, "index.html" fayl yaratib, bu faylni yuqorida yaratgan "style.css"
nomli fayl bilan bitta papkaga joylashtiramiz, so‘ng bu faylga quyidagi HTML
teglarni kiritamiz