• 1.2.3-chizma.
  • 1.2.5-chizma.
  • 1.2.7-chizma.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk




    Download 1.04 Mb.
    bet6/18
    Sana02.03.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #18265
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti
    konstitut, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
    1.2.2-chizma.Antiplagiat dasturi bosh sahifasi.
    Etxt Antiplagiat tizimining bosh sahifasi «Proverka unikalnosti» tugmasini sichqoncha bilan chertamiz. Natijada Etxt Antiplagiat tizimi Internet tarmog‘ida joylashtirilgan resurslar orasidan yuqorida keltirib o‘tilgan maqolani izlay boshlaydi.

    1.2.3-chizma.Antiplagiat dasturining ishlash jarayoni.
    Matnni originallikka tekshirishEtxt Antiplagiat tizimi bir necha daqiqa ichida biz izlayotgan matnga o‘xshash bo‘lgan matnni 87% unikal(original)likda aniqladi va resurs joylashgan manzilni aniq ko‘rsatdi.

    1.2.4-chizma.O’xshash matnlarni qidirish jarayoni.
    Etxt Antiplagiat dasturi yordamida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron-resurs matnlari orasidan izlanayotgan matnga o‘xshash matnlarni qidirib topish imkoniyati mavjudligini ko‘rdik. Mazkur dasturiy vositaga ega bo‘lgan ixtiyoriy foydalanuvchi elektron shaklga o‘tkazilgan matnli hujjatni unikallikka tekshirish mumkin.Yuqorida o‘xshashlikka tekshirilgan maqolani Advego Plagiatus dasturi orqali ham originalikka tekshirib ko‘raylik.

    1.2.5-chizma. Advego Plagiatus dasturi.
    Tizimning bosh sahifasi Unikal(original)likka tekshirilayotgan matnni Advego Plagiatus dasturining tegishli maydoniga joylashtiramiz va «Proverka unikalnosti» tugmasini sichqoncha bilan chertamiz.

    1.2.6-chizma. Proverka unikalnosti sahifasi.
    “Proverka unikalnosti” sahifasi Izlanayotgan maqola matni buxoro.uz, infocom.uz va buxoro.gov.uz manzillarida e’lon qilinganligini ko‘ramiz. Haqiqatdan ham «Oliy ta’lim tizimida korporativ elektron kutubxonadan foydalanish» nomli maqola» Advego Plagiatus dasturi tomonidan aniq topildi. buxoro.uz saytida infocom.uz jurnalining «yangilik»lariga bog‘lanish borligini ko‘rishimiz mumkin.

    1.2.7-chizma. Advego Plagiatus dasturi
    Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron resurslar orasidan izlanayotgan matnga o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan «Etxt Antiplagiat» va «Advego Plagiatus» dasturlarini ko‘chirib olish va foydalanish bepul. Bugungi kunda Internet tarmog‘ida ko‘plab jurnallarning elektron versiyalari taqdim etilgan. Ularning kontenti foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun mazkur jurnallar tahririyatlari e’lon qilinayotgan maqolalarning original bo‘lishiga intilishlari kerak. Boshqa saytlarda e’lon qilingan materiallarni ko‘chirib bosish jurnalga bo‘lgan qiziqishni pasaytirib yuboradi. Demak, tahririyatga kelib tushayotgan maqolalar avval Internet tarmog‘idagi biror-bir saytda e’lon qilinganligini (yoki e’lon qilinmaganligini) bilish maqoladan jurnalda foydalanish (yoki foydalanmaslik) to‘g‘risidagi qaror chiqarishga yordam beradi. Internet tarmog‘ida joylashgan elektron resurs matnlari orasidan o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan ikki dasturiy vositaning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi.
    1. Dasturiy vositalarni Internet tarmog‘idan bemalol ko‘chirib olish va foydalanuvchi o‘z kompyuteriga o‘rnatishi mumkin.
    2. Oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari mazkur dasturiy vositalar yordamida talabalar tomonidan topshirilayotgan ishlarni oriinallikka tekshirishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida, «ko‘chirmachilikning oldini olish» orqali ta’lim sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi.
    3. Himoya qilinayotgan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini ekspertizadan o‘tkazishda ekapertlarga aniq ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratadi.
    4. Jurnallar tahririyatlari kelib tushayotgan maqolalarni ekapertizadan o‘tkazish (ya’ni maqolani unikallikka tekshirish)lari osonlashadi.


    Download 1.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk

    Download 1.04 Mb.