• Mashg’ulotning borishi
  • Mavzu: «d» tovushi hamda bosh va kichik (Dd) harflari bilan tanishtirish




    Download 345,69 Kb.
    bet53/80
    Sana25.01.2024
    Hajmi345,69 Kb.
    #145650
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI (1)

    Mavzu: «d» tovushi hamda bosh va kichik (Dd) harflari bilan tanishtirish.
    Maqsad:
    «d» tovushi va «Dd» harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g’in, so‘z tuzish va o‘qish.
    Vazifalar:

    • «D» tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g’ri talaffuzini o‘rgatish;

    • «D» tovushli so‘zlar bilan bolalar lug’atini boyitish;

    • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g’inga bo‘lish;

    • Bo‘g’inlardan so‘z tuza olish.

    Kutilayotgan natijalar:

    • «D» tovushi va «Dd» harflaritsh bilib oladilar.

    • «D» tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

    • «D» tovushli so‘zlarni ayta oladilar;

    • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g’inlarga bo‘la oladilar.

    Kerakli jihozlar:

    • «Dd» harflari;

    • «D» tovushi qatnashgan predmetlar suratlar;

    • «Bo‘g’inlardan so‘z tuzing» ta’limiy o‘yini uchun materiallar.

    Mashg’ulotning borishi:
    Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni Harf jildidan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (bo‘g’in hosil qiladi.). Bu harflarning nechta shakli bor?
    Bolalar, bugun «D» tovushi va bosh va kichik «Dd» harflari bilan tanishamiz. Bosh «D» va kichik «d» ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh «D» harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (bosh shakli – bosh D harfi) Bosh «D» harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu («D») qanday harf? (bu kichik «d»harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan «Dd» harflarini nimalarda o‘qiysiz?

    Download 345,69 Kb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




    Download 345,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: «d» tovushi hamda bosh va kichik (Dd) harflari bilan tanishtirish

    Download 345,69 Kb.