|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti
|
bet | 77/80 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 345,69 Kb. | | #145650 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI (1)Konsonantizm - undosh fonemalar tizimi.
Labial undoshlar - lab-lab va lab-tish undoshlari.
Til-tish undoshlari (dorsal va alveolyar undoshlar)- tilning uchki qismi bilan pastki yoki yuqori tishlarning milki orasidagi to’siqda hosil bo’ladigan undoshlar.
Til oldi- tanglay undoshlari - til oldi qismining qattiq tanglay tomon ko’tarilishidan hosil bo’lgan to’siqda yuzaga keladigan undoshlar.
Til o’rta undoshi - tilning o’rta qismi bilan tanglay orasidagi to’siqda hosil bo’lgan "y" undoshi.
Sayoz til orqa undoshlari - k,g,n fonemalari. Ular velyar (qattiq)undoshlar sanaladi.
Chuqur til orqa undoshlari -q,²,x fonemalari. Ular uvulyar (kichik til ishtirokida hosil bo’lgan) undoshlar sanaladi.
Bo’g’iz undoshi - "h" fonemasi. U faringal undosh deb ham ataladi.
Assimilyatsiya- bir xil kategoriyadagi tovushlarning so’z tarkibida o’zaro moslashuvi.
Akkomodatsiya- turli kategoriyadagi tovushlarning so’z tarkibida o’zaro moslashuvi.
Proteza- so’z boshida tovush orttirilishi.
Epenteza- so’z o’rtasida tovush orttirilishi.
Epiteza- so’z oxirida tovush orttirilishi.
Prokopa – so’z boshidagi tovushning tushib qolishi.
Sinkopa- so’z o’rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi.
Apokopa- so’z oxirida tovush tushish hodisa.
Metateza- so’z tarkibidagi ayrim tovushlarning o’rin almashinuvi.
Dissimilyatsiya- so’z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o’xshash) tovushlardan birining noo’xshash tovushga ko’chishi.
Geminatsiya- so’z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya- so’z tarkibidagi geminatsiyaning yo’qolishi.
Berkitilgan bo’g’in- CV, CVC tipidagi bo’²inlar.
Berkitilmagan bo’g’in- V,VC tipidagi bo’²inlar.
Ochiq bo’g’in- V,CV tipidagi bo’²inlar.
Yopiq bo’g’in- VC, CVC tipidagi bo’²inlar.
|
| |