• Bo’g’iz bo’shlig’i
  • Nutq a’zolarining fiziologiyasi
  • Sheva
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti




    Download 345,69 Kb.
    bet75/80
    Sana25.01.2024
    Hajmi345,69 Kb.
    #145650
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI (1)

    Tovush tembri- tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar ( obertonlar) qo’shilmasidan tarkib topuvchi sifati.
    Tovush cho’ziqligi – tebranishning oz yoki ko’p vaqt davom etishi.
    Tovushning sifat belgilari – tovushning balandligi, kuchi ( intensivligi), tembri.
    Tovushning miqdor belgisi – tovushning cho’ziqligi.
    Nafas apparati – havo manbai. Bu apparat o’pka , bronxlar, traxeya, diafragma, ko’krak qafasi kabi a’zolardan iborat.
    Bo’g’iz bo’shlig’i – traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari va bir qancha tog’aylar mavjud. Bo’g’iz bo’shlig’i ovoz manbai hisoblanadi.
    Halqum – bo’g’izdan yuqoriroqdagi bo’shliq. U rezonatorlik vazifasini bajaradi.
    Og’iz bo’shlig’i – til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaydilar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo’shimcha tonlar manbayi sanaladi.
    Nutq a’zolarining fiziologiyasi – nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhit bilan munosabatlari.
    Artikulatsiya – nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
    Leksik sath – til ierarxiyasining lug’at boyligidan iborat yuqori po’g’onasi: so’zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari.
    Grammatik sath – til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog’onasi: so’z turkumlari, Grammatik ma’no va grammatik shakllar, so’z birikmalari va gap, ularning turlari va konstrusiya modellari.
    Sheva – muayyan tilning o’ziga xos fonetik, leksik va Grammatik xususiyatlariga ega bo’lgan eng kichik qismi.
    Lahja – Fonetik, leksik va Grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig’indisi. U dialekt nomi bilan ataladi.
    Fonetika - tilshunoslikning fonetik birliklar, ularning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi bo’limi.
    Segment birliklar - so’z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo’ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo’²in, fonetik so’z, takt, fraza.

    Download 345,69 Kb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




    Download 345,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti

    Download 345,69 Kb.