261
“Kompyuter ta’minoti” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida
baholash mezoni
― «Kompyuter ta’minoti» fani bo’yicha
reyting jadvallari, nazorat turi, shakli,
soni hamda har bir nazoratga
ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq
nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha
birinchi
mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining
Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari
o’tkaziladi:
joriy nazorat (JN)
– talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma
darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib
chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat
ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi
mumkin;
oraliq nazorat (ON)
– semestr davomida o’quv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi
tugallangandan keyin
talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test
va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda
belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN)
– semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim
va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini
baholash
usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha vaiboralarga asoslangan
―Yozma ish shaklida o’tkaziladi.
ON
o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan
komissiya ishtirokida
muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda,