28
oynalarni nomlari ko’rinadi, menyuning ―chapdan o’ngga punkti oynalarni yonma-
yon qoplamasiz joylashtirish uchun ishlatiladi.
Oynani eng muhim turi – muloqot oynasi. Bu oyna ba’zi bir buyruqlarni bajarish
pastida avtomatik paydo bo’ladi va foydalanuvchiga qo’shimcha parametrlarni va
buyruqlarni bajarish variantlarini berish yoki tanlashni ―taklif etadi.
Displey ekranini muloqot oynasini to’g’rilash 6.13-rasmda ko’rsatilgan.
Displey ekranini sozlaydigan muloqot oynasi:
Muloqot oynasining ba’zi bir elementlari:
4.
qo’shimcha ilovalar – oyna nomi qatorining tagida joylashgan.
Sichqonchani qo’shimcha ilovalarni birini nomiga to’g’rilab shiqillatilsa,
u oldinga
planga chiqadi, va ekranda muloqot oynasini mos beti paydo bo’ladi;
5.
bo’limlar – bir mavzu bilan bog’langan oyna beti (qo’shimcha ilovalardan
farqli ravishda u ekranda doim joylashadi);
6.
ro’yxatlar oynasi – elementlar ro’yxatini o’z ichiga olgan maydon, ulardan
sichqoncha bilan uning nomi bo’yicha bittasini tanlash kerak; ko’pincha ochiladigan
ro’yxatlar oynasi ishlatiladi – u yanada ixchamroqdir va odatda, oynani o’ng tomonida
joylashgan, alohida strelkali knopka bo’yicha, faqatgina sichqonchani shiqillatgandan
keyingina ochiladi;
7.
qayta ulash knopkalari
(tanlash knopkalari) – bir nechta mumkin bo’lgan
parametrlardan bittasini tanlash uchun ishlatiladi: aylana
ichidagi nuqta tanlangan
parametrga mos keladi; sichqoncha bilan shiqillatilganda
aylana ichida nuqta emas,
galochka paydo bo’ladiganga o’xshash knopka bir vaqtning o’zida bir nechta
parametrlarni tanlash uchun ishlatiladi (oxirgi holatda
bunday tanlash knopkasini
bayroqcha deb ataladi);
8.
buyruqli knopkalar
– uncha katta bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklar;
sichqoncha bilan bunday knopka bo’yicha shiqillatish ko’rsatilgan buyruqni
bajarilishiga olib keladi;
29
9.
yopish knopkasi – muloqot oynasini yopish uchun ishlatiladi;
10.
Ma’lumotnoma knopkasi – oyna elementi to’g’risidagi ma’lumotnoma
axborotlarini
olish imkonini beradi; ma’lumotnomani olish uchun oldin sichqoncha
bilan bu knopka bo’yicha shiqillatiladi, keyin esa oynaning qiziqtirilayotgan elementi
bo’yicha harakat qilinadi.