24
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:
-
OS ning asosiy menyusi;
-
barcha ob’ektlarning kontekst menyulari;
-
dastur menyulari;
-
dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi
menyusi.
Menyu - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir.
Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism menyuga kirish imkonini beruvchi
bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda biz ierarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu
bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menyusi misolida ko’rishimiz
mumkin.
Menyular monitor ekranida joylashishiga ko’ra, vertikal va gorizontal
menyularga bo’linadi. Dastur oynalarining menyusi gorizontal bo’lib, u sarlavha
satrining tagida joylashgandir.
Vertikal menyu-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menyudir. Windowsda
vertikal menyuning boshqa ko’rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan
yuqoriga qarab ochiluvchi ko’rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menyusi ana
shunday menyudir. Suzib chiquvchi menyuning yana bir turi -kontekst menyu deb
atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o’ng tugmasini bosganda ochiluvchi
menyudir.
Menyular tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
-
agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda
muloqot oynasi ochiladi;
-
agar menyu bandi davomida uchburchak ( ) berilsa, shu band bajarilganda qism
menyu ochiladi;
-
agar menyu bandi kulrang harflarda yozilgan bo’lsa, menyuning shu bandi ayni
vaqtda faol emasligini bildiradi;
-
agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko’rsatilgan
bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida
ko’rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar
(shortcut keys) deyiladi;
-
menyu bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi.
Menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyruqni bajarish mumkin;
-
agar menyu bandi oldida qalin nuqta ( ) yoki ( ) belgisi bor bo’lsa, al’ternativ
variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
ASOSIY MENYU (Start menu)