Windows Commander dasturini yuklash va undan chiqish Windows Commander dasturini yuklash uchun quyidagi buyruqlar ketma-ket
bajariladi:
Pusk Programmi Windows Commander Windows Commander dasturini yuklash. Windows ishchi stolida joylashgan Windows Commander yorlig’i yordamida
ham dasturni yuklash mumkin.
Dastur yuklangandan keyin ekranda quyidagi ko’rinishdagi holat paydo bo’ladi
34
Windows Commander dasturi oynasining umumiy ko’rinishi. Ekranning quyi qismida Windows Commander dasturining funktsional
tugmachalari bajaradigan vazifalari bilan keltirilgan.
Ularning tavsifi quyidagicha:
[F3] Prosmotr - fayl mazmunini ko’rish uchun;
[F4] Pravka - fayl mazmunini tahrir qilish uchun;
[F5] Kopiya – fayldan nusxa olish uchun;
[F6] Peremesh –faylni qayta nomlash uchun;
[F7] SozdKat – katalog yaratish uchun;
[F8] Udalit’ - fayl yoki katalogni o’chirish uchun;
[Alt] [F4] yoki Vixod – Windows Commander dasturidan chiqish uchun.
Windows Commander dasturidan chiqish uchun, ta’kidlanganidek [
Alt] [F4] – Vixod bandi ustida
sichqoncha chap tugmachasi bosiladi.
Windows Commander menyusi bilan ishlash Windows Commander oynasining yuqori qatorida dasturda ishlash menyu
bandlari joylashgan.
Fayl bo’limi yordamida atributlarni o’zgartirish, fayllarni arxivlash, arxivdan
chiqarish, faylni chop qilish, qismlarga bo’lish, kodlash va Windows Commander
dasturidan chiqish kabi ishlar majmuasini bajarish mumkin.
Fayl bo’limi buyruqlari.
35
Videlenie bo’limi yordamida fayllar guruhini ajratish, barcha fayllarni ajratish,
ajratishni bekor qilish, kabi ishlar majmuasini bajarish mumkin.
Videlenie bo’limi buyruqlari.
Komanda bo’limi yordamida fayllarni qidirish, kataloglar daraxtini ko’rish, diskka
belgi qo’yish kabi bir qator buyruqlar bilan ishlash mumkin.