|
Mavzu №6. Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalariBog'liq portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minotiMavzu №6. Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari
Reja:
1.
Dasturiy ta’minotning tasniflanishi
2.
Utilita dasturlar
3.
Dasturiy maxsulotlar tavsifi
Tayanch iboralar:
operatsion sistemalar, MS DOS, OSG’2, linux, unix, windows,
aborot tizimlari
Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo’llash
soxasining kengayishi dasturiy ta’minotning (DT) jadal rivojlanishiga olib keldi.
SHuni ta’kidlashning o’zi etarliki, 1996 yil jaxon xamjamiyatida dasturiy taxminotga
100 mlrd AQSH dollaridan ziyod mablag’ sarflandi. Bunda DT rivojlanishi yo’nalishi
shuni ko’rsatadiki, xarakatlar an’anasi yiliga 20 % o’sib bormoqda.
Axborot tizimlarining
dasturiy ta’minoti
deganda, xisoblash texnikasi
vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish
uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga boglik xolda, uni ikki
gurux:
tizimli dasturiy ta’minot
va
amaliy dasturiy ta’minotga
bulish mumkin.
Tizimli DT komp’yuterda axborotni qayta ishlash jaryonini tashkil etadi va
amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muxitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat
vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida bir qismi deb ham xisoblashadi.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini xal etish va
umuman axborot tizimining xisoblash jarayonini tashkil etish uchun muljallangan.
Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
operatsion tizimlar;
•
servis dasturlar;
•
dasturlashtirish tillari translyatorlari;
•
texnik xizmat dasturlari;
Operatsion tizimlar (OT)
axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va
apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi uzaro aloqani ta’minlaydi. OT
ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatlashtirish,
foydalanuvchi xal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli
axborotni EXM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to’g’ri
xisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlarni taxlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo’lganda
nima qilish zarurligi xaqida ko’rsatma beradi. Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib,
OT ni uch guruxga bo’lish mumkin: - bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
- ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi); - tarmoqli.
|
| |