41
Dasturlashtirish tili translyatori
deb dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga
dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar
kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash
vositalarini o’z ichiga olgan vositalar majmui
dasturlashtirish tizimi
deb ataladi.
Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni
aniq bir EXM ning mashina buyrug’i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish
usuliga bog’liq xolda translyatorlar
kompilyatorlar
va
interpretatorlarga
bo’linadi.
Kompilyatsiyalashgan dastur mashina tilida ob’ektli modullar turkumiga aylanadi,
ular so’ngra magnit diskda fayl ko’rinishida bajarish va saqlanishiga tayyor yagona
mashina dasturlariga yig’iladi (jamlanadi). Bu dastur takror translyatsiyasiz ko’p marta
bajarilishi mumkin.
Interpretator qadam-baqadam translyatsiya va boshlang’ich dastur operatorlarini
darxol bajarishni amalga oshiradi: dasturlashtirish kirish tilining xar bir operatori
mashina tilining bir yoki bir necha buyrug’iga translyatsiya qilinadi, ular shu zaxotiyoq
diskda saqlanmagan xolda
bajariladi. SHunday qilib, interpretatsiyada dastur
mashina tilida saqlanmaydigan va xar gall boshlang’ich dasturni bajarishga qo’yishda
ukni qaytadan (qadam-baqadam) translyatsiya qilish lozim. Kompilyatorga nisbatan
interpretatorning asosiy afzalligi uning oddiyligidadir. Dasturlashtirishning kirish tili