• Detallar Yig‘malar Chizmalar Detal
  • .SLDASM
  • Fayl (файл)
  • Kiritish (встафка)
  • Xususiyatlar daraxti (дерево модель)
  • Amaliy mashg‘ulot №-9 SolidWorks tizimida menyulari va instrumentlar panellari bilan ishlash Ishdan maqsad




    Download 0.76 Mb.
    Sana05.03.2024
    Hajmi0.76 Mb.
    #167615
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot-9


    Amaliy mashg‘ulot №-9
    SolidWorks tizimida menyulari va instrumentlar panellari bilan ishlash


    Ishdan maqsad: SolidWorks tizimi menyulari va instrumental paneli bilan tanishish va ishlashni o‘ganish.
    Kerakli asbob va uskunalar: Kompyuter, videoproyektor, SolidWoks dasturi.

    Qisqacha nazariy ma`lumotlar
    SolidWorks - loyihalashni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta`minot hisoblanadi. SolidWorks dasturida o‘zingizni muhandislik go‘yalaringizni eskizlarda va uch o`lchamli modellarni yaratish uchun turli loyihalarda eksperimentlar o‘tkazish mumkin. SolidWorks o‘rganuvchi talabalar, loyihalovchilar, muhandsilar va boshqa mutaxassislar tomonidan oddiy hamda murakkar detallarni, detallardan yig`ilgan yig`malarni va chizmalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
    SolidWorks dasturida model quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:

    • Detallar

    • Yig‘malar

    • Chizmalar

    Detal – bu bir uch o`lmchamli o`byekt hisoblanib, oddiy elementlardan yaratiladi. Detal yig`malarda bir komponent sifatida xizmat qilishi mumkin va chizmalarda ikki o`lhamli tasvir sifatida ifodalanishi mumkin. Detalarga misol sifatida boltlar, tugmalar, plastinalar va hokazolar misol bo`ladi. Detallar uchun fayllar gengaytmasi SolidWorks dasturida — .SLDPRT ga ega.
    Elementlar — bu formalar va operatsiyalar bo`lib, ular detalni hosil qilishga yordam beradi. Birinchi navbatda “asos” elementi yaratiladi. “Asos” elementi detalning asosini tashkil etadi.
    Yig‘mabu hujjat bolib, unda detallar, elementlar va yig`maning boshqa bog`lamlari bir-biri bilan birlashtirilgan(bog`langan) bo`ladi. Detallar va yig`ma bog`lamlari yig`ma hujjatidan alohida fayllarda saqlanadi. Masalan “porshen” yig`masida boshqa detallarda yig`ilgan bo`lishi mumkin, masalan shatun yoki tsilindrdan. Ushbu yangi yig`ma keyinchalik yana dvigatelni yig`ish uchun bog`lma sifatida ishlatilishi mumkin.
    SolidWorks dasturida yig`malarning fayli kengaytmasi - .SLDASM ga ega bo`ladi.
    Chizma — bu uch o`lchamli detal yoki yig`maning ikki o`lchamli ifodalanishi hisoblanadi.
    SolidWorks dasturida chizmalarning fayli kegaytmasi — .SLDDRW kengaytmasiga ega.

    9.1-rasm. SolidWorks tizimining ishchi oynasi.
    SolidWorks dasturi standart windows dasturlari kabi deyarli farq qilmaydigan interfeys oynaga ega. Boshqa dasturlar kabi sarlavha satri, menyular satri, instrumentlar paneli, dastur kutubxonasi, xusiyatlar oynasi kabilardan iborat bo‘ladi.

    9.2-rasm. SolidWork tizimining menyular paneli.



    1. Fayl (файл) – bu ichida bir qancha muhim buyruqlarni saqlaydi (9.3-rasm).




    9.3-rasm. Fayl menyu oynasi.
    Bu yerda ko‘rinib turibdiki, fayl menyusi oynasida yangi oynani yaratish, mavjud faylni ochish, oxirgi yaratilgan faylni ochish yoki yopish, turli usullar bilan saqlash, chop etish hamda joriy faylning xususiyatlari oynasi kabi bir qancha muhim buyruqlarni jamlagan.

    1. Kiritish (встафка) – SolidWorks dasturida ishlash uchun mo‘ljallangan bir qancha muhim buyruqlarni o‘ ichiga olgan (9.4-rasm).


    9.4-rasm. Kiritish oynasining ko‘rinishi.
    Ushbu oynada hajm berish turli buyruqlari, kesish elementlari, 2D da ishlash elementlari, massiv elementlari, yuza bo‘yicha, chegara bo‘yicha egri chiziqlar kabi funksiyalarning buyruqlari aks etgan.



    9.5-rasm. Instrumentlar paneli.
    Interfeys oynada ishchi holatda yuqoridagi kabi elementlar faol bo‘ladi. Qachonki model qilib detal yoki yig‘ma hosil qilingan paytda qolgan ko‘plab funksiya buyruqlari faol bo‘ladi (9.5-rasm).
    Xususiyatlar daraxti (дерево модель) – bunda qurilayotgan modelning qadamlari ketma-ket ko‘rsatib boriladi. Istalgan vaqtda istalgan qadamga murojat qilib tahrirlash imkoni mavjud (9.6-rasm).



    9.6-rasm. Xususiyatlar oynasi
    Amaliy mashg‘ulot bo`yicha topshiriqlar



    1. Solidworks dasturini ishga tushiring va yangi oyna yarating.

    2. Ishchi oynada hujjatlar daraxtini hosil qiling.

    3. Asboblar panelida istalgan buruqni kengaytirilgan panelini hosil qiling.

    4. Hosil qilingan yangi oynani istalgan nom bilan saqlab qo‘ying.

    5. Yuqoridagi barcha topshiriqlarni bajaring va tekshiring

    Download 0.76 Mb.




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg‘ulot №-9 SolidWorks tizimida menyulari va instrumentlar panellari bilan ishlash Ishdan maqsad

    Download 0.76 Mb.