Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining




Download 12.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/191
Sana06.01.2023
Hajmi12.53 Mb.
#37643
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
Bog'liq
12.Yol harakati qoidalari va harakat хavfsizligi
1786-Article Text-3726-1-10-20210826 (1), OLTIN QOIDALAR, 1014-Текст статьи-3047-1-10-20220714 (2), Охирги версия 09.05.2023 Проф. комп. МОНТАЖНИК, проект макета для ОПОП МОНТАЖНИК 22 05 23, Marketing, 476845, Pedagogning umumkasbiy kompetensiyasi, SHOOBIDOV SH.A.Traktorlar va 1 qism, Internet uchun, Metodika, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh-fayllar.org, Types of letters – xatlar turlari. Structures of letters – xat y-fayllar.org, 5.2
 
2.2. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining 
majburiyatlari 
Ko‘riladigan savollar: 
• YTHga daxldor bo‘lgan haydovchining vazifalari va hatti-
harakatlari; 
• YTHda sug‘urtalanganlik holatlari. 
13. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda unga daxldor 
haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: 
•mumkin qadar yo‘nalishni o‘zgartirmasdan, transport vositasini 
darhol to‘xtatishi, yo‘l harakati boshqa qatnashchilarini yo‘l-transport 
hodisasi natijasida xavf-xatar yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida 
ogohlantirish uchun ogohlantirish avariya ishoralarini yoqishi va 
avariya sababli to‘xtash belgisini (aholi punktlarida kamida 15 m , 


27 
aholi punktlaridan tashqarida kamida 30 m masofada) o‘rnatishi, 
transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan 
qo‘zg‘atmasligi; 
•tan jarohati olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish 
choralarini ko‘rishi, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv 
xizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa tan jarohati 
olganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay 
transport vositasida jo‘natishi, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z 
transport vositasida olib borishi, u yerda o‘z ismi-sharifi, transport 
vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi haqida axborot 
berishi (o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik 
guvohnomasini va transport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik 
hujjatini ko‘rsatishi) va hodisa ro‘y bergan joyga qaytib kelishi; 
•agar boshqa transport vositalarining harakatiga to‘sqinlik qilsa 
qatnov qismini bo‘shatishi. Qatnov qismini bo‘shatish yoki tan 
jarohati olganlarni o‘z transport vositasida davolash-profilaktika 
muassasasiga olib borish zarur bo‘lganda, yo‘l-transport hodisasiga 
daxldor haydovchilar avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador 
buyumlar va izlarning holatini guvohlar ishtirokida dastlabki qayd 
etishni amalga oshirish, ularning yo‘qolmasligi va hodisa ro‘y bergan 
joyni aylanib o‘tishni tashkil qilishning barcha choralarni ko‘rishi; 
transport vositalarini olib qo‘yilishdan oldin ularning tashqi o‘lcham 
(kontur)lari, harakatlanish yo‘nalishlarini va g‘ildiraklarning turgan 
joylarini belgilash, hodisa joyini to‘rt tomondan suratga olish, iloji 
bo‘lsa yo‘l elementlariga bog‘lab video tasvirga tushirish; 
•hodisa haqida IIO (YHX xizmati yoki YPX navbatchi 
qismlari)ga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash 
manzilini yozib olib, IIO xodimlarining kelishini kutishi. 
Hodisa haqida haydovchi o‘zining sug‘urta kompaniyasiga xabar 
berishi kerak. Xizmat ko‘rsatish paketiga binoan sug‘urtalash 
kompaniyasi mijozga maslahat bilan yordam berish uchun o‘z vakilini 
YTH sodir bo‘lgan joyga jo‘natishi mumkin. 
YTH odam o‘limi yoki tan jarohati bilan bog‘liq bo‘lsa, 
navbatchi qism naryadi (navbatchi tergovchi bilan), agar faqat 
transport vositalarining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa YPX 
xodimi hodisani rasmiylashtirishlari mumkin. 


28 
IIO xodimi YTH sodir etilgan joyga kelib, yo‘l- transport 
holatini aks ettiruvchi chizmani chizishida va bayonnoma tuzish 
jarayonida haydovchi ishtirok etib, e’tiborli bo‘lishi kerak. Haydovchi 
chizilgan chizmadagi vaziyatni to‘g‘ri aks ettirganligiga ishonch hosil 
qilganidan keyin uni imzolashi mumkin. 
Haydovchi tushuntirish xatini yozishda hodisagacha bo‘lgan 
vaziyatni va hodisa sodir bo‘lgan holatni batafsil yozishi kerak. 
Tushuntirish xatida haydovchi hodisa sodir etilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan holatlarni: ob-havo va yo‘l sharoiti, yo‘l qoplamasining va 
harakatni tartibga solish texnik vositalarining holati, hodisaga 
sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l harakati boshqa qatnash-
chilarining hatti-harakatlari haqida batafsil yozib berishi kerak. 
Avtomobildagi videotasvir oluvchi moslama (videoregistrator) va 
hodisani tasvirga oluvchi tashqi kuzatuv video kameralar olgan 
tasvirlari bo‘lsa, tergov (surishtiruv) ishlariga oydinlik kiritadi va 
sudda MJTK 298ga binoan inobatga olinadi . 
YTH rasmiylashtirilib bo‘lgach unga aloqador haydovchilar 
mastlik alomati bor-yo‘qligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rik 
(ekspertiza)dan o‘tkaziladi. 
Odam o‘limi, og‘ir va o‘rta tan jarohati olgan hollarda YTH ga 
oid materiallar ichki ishlar boshqarmalarining tergov bo‘limi 
(bo‘linmalari)ga yuboriladi. 
Odamga yengil tan jarohati yetkazilgan yoki transport vositalari 
shikastlangan hollarda YTH ga oid materiallar YHX xizmati 
surishtiruv bo‘limiga yuboriladi. 
MJTK- 282 ga binoan bayonnoma boshqa hujjatlar va ish 
bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan 
yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega 
bo‘lgan organ - YHX xizmati surishtiruv bo‘limiga yuboriladi. 
MJTK-305 ga binoan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi 
ish mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (YHXxizmati 
surishtiruv bo‘limi) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 
bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab 
o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi va ma’muriy sudga 
yuborish uchun tayyorlanadi. 


29 
Surishtiruv ishlari olib borilayotganda surishtiruvchi tushuntirish 
xatiga qo‘shimchalar, va tegishli xujjatlar (fuqorolik pasporti, sug‘ur-
talash polisi, transport vositasi ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi, 
yetkazilgan ziyon bahosi) ning nusxalarini oladi. Hodisa muhokama 
qilinayotgan vaqtida daхldorlarning barchasi bir vaqtda kelishlari 
kerak. Transport vositasiga yetkazilgan ziyon litsenziyasi bo‘lgan 
barcha tashkilotlarda baholanishi mumkin. Yetkazilgan ziyonning 
qiymati haqidagi xulosa va baholash uchun ko‘rsatilgan xizmatga 
to‘langan haq chiptalarining nusxasini saqlab qolish kerak. Ushbu 
hujjatlar sug‘urta to‘lovini olishda kerak bo‘ladi, asl nusha surish-
tiruvchiga topshiriladi. Surishtiruv paytida aybsiz deb topilgan 
haydovchiga surishtiruvchi haydovchilik guvohnomasini qaytib 
beradi. Surishtiruv uchun kerakli ekspertiza o‘tkazilib, yetkazilgan 
ziyon tegishli tartibda baholanganidan so‘ng transport vositalarini 
ta’mirlash uchun ma’lumotnoma beriladi. 
Surishtiruv materiallari sud idorasiga yetib kelgach kotibiyati 
tomonidan YTHga dahldorlar sud muhokamasiga belgilangan kunda 
kelishlarini xabar qilinadi. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l 
harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki 
ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi MJTK-133 
ga binoan eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha 
miqdorda jarimaga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 
bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 
Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini 
buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar 
yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha 
miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, —MJTK 134 ga binoan eng kam 
ish haqining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima 
solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir 
yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 
MJTK-311 ga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish 
yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq 
darhol e’lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy 
kuchga kiradi. Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror 
chiqarilgan shaxsga, shuningdek o‘zining iltimosiga ko‘ra 
jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi. 


30 
MJTK – 314 ga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish 
yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan 
shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va 
advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin. MJTK- 316 ga binoan 
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror 
xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun 
ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. 
Transport vositalari egasining fuqarolik javobgarligining 
majburiy sug‘urta qilish shartnomasi – sug‘urta shartnomasi bo‘lib, 
unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda 
jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga 
ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini 
shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta 
puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Jabrlanuvchi sug‘urtalash to‘lovini olish uchun aybdorning 
sug‘urtalash kompaniyasiga ariza bilan murojaat etadi. Ariza bilan 
sud qarori, ariza beruvchining pasport nusxasi, aybdorning 
sug‘urtalash polisining nushasi, yetkazilgan ziyon qiymati haqidagi 
xulosaning nusxasi, sug‘urta to‘lovi yuborilishi kerak bo‘lgan joyning 
to‘lov rekvizitlari topshiriladi. 
Sug‘urtalash kompaniyasi 15 kun ichida yetkazilgan ziyonni 
qoplab berish haqida qaror qabul qilib, arizachiga qaror qabul 
qilinganligi haqida xabar berishi kerak. To‘lov qaror qabul 
qilingandan besh bank kuni ichida amalga oshiriladi. 
Fuqaro (shuningdek, haydovchi) o‘z hayoti, sog‘lig‘ini, mol-
mulki (shuningdek, transport vositasini)ni turli xildagi xavflardan 
fuqarolik kodeksining 914 – 961-moddalari va amaldagi boshqa 
qonunchiliklarga binoan ixtiyoriy sug‘urtalashi mumkin. 
YTH da o‘rta yoki og‘ir tan jarohati yetkazsa, yoki o‘limga sabab 
bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga binoan jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. YTH natijasida jabrlanuvchi 
o‘rta tan jarohati olgan bo‘lib, qonuniy yarash bitimi tuzilsa, ushbu 
holatni MJTK-133 ga binoan ko‘rib chiqib, aybdorga ma’muriy chora 
ko‘rish mumkin. 
14. Agar yo‘l-transport hodisasida tan jarohati olganlar bo‘lmasa 
va haydovchilar hodisaga baho berishda o‘zaro kelisha olsalar, 


31 
dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi 
DYHXX maskani yoki IIOga borishlari mumkin. Bir qancha 
holatlarda haydovchilar o‘zaro kelishib, aybdor jabrlanuvchiga kafo-
lat sifatida biron- bir hujjat berib, YTH sodir etilgan joydan ketib 
qolishadi. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda unga daxldor hay-
dovchilarning belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz 
bergan joydan ketib qolishi MJtK-137ga binoan ma’muriy javobgar-
likka tortish uchun asos bo‘ladi. Biron-bir xujjat (haydovchilik gu-
vohnoma yoki pasport)ni kafolat sifatida olib qo‘yishqonunga xilof. 
Izoh: YTH da aybdor haydovchi o‘z aybiga chin dildan iqror 
bo‘lishi surishtiruv (tergov) va sud ishlarini yengillashtirib, unga 
ko‘riladigan jazo choralarini yumshatishi mumkin. 

Download 12.53 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




Download 12.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining

Download 12.53 Mb.
Pdf ko'rish