• ISBN –978-9943-7821-0-5 © “Excellent Polygraphy”, 2021 yil © J.R. Kulmuxamedov va bosh., 2021yil
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. R. Kulmuxamedov, N. Muxitdinov, S. Mirshaxo‘jayev, Sh. Odilov, X. Yo




    Download 12.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/191
    Sana06.01.2023
    Hajmi12.53 Mb.
    #37643
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
    Bog'liq
    12.Yol harakati qoidalari va harakat хavfsizligi
    1786-Article Text-3726-1-10-20210826 (1), OLTIN QOIDALAR, 1014-Текст статьи-3047-1-10-20220714 (2), Охирги версия 09.05.2023 Проф. комп. МОНТАЖНИК, проект макета для ОПОП МОНТАЖНИК 22 05 23, Marketing, 476845, Pedagogning umumkasbiy kompetensiyasi, SHOOBIDOV SH.A.Traktorlar va 1 qism, Internet uchun, Metodika, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh-fayllar.org, Types of letters – xatlar turlari. Structures of letters – xat y-fayllar.org, 5.2
     
     Taqrizchilar: 
    Toshkent davlat transport universiteti Transport vositalari 
    muhandisligi 
    kafedrasi 
    dotsenti, 
    Texnika 
    fanlari 
    nomzodi 
    R.S.Xikmatov
    Toshkent davlat transport universiteti Intelektual transport 
    tizimlari kafedrasi dotsenti, Texnika fanlari nomzodi А.А.Nazarov
    UO‘K 351.811.122(07) 
    KBK 39.808ya7 
    ISBN –978-9943-7821-0-5 
    © “Excellent Polygraphy”, 2021 yil 
    © J.R. Kulmuxamedov va bosh., 2021yil 
     
     



    So‘z boshi 
     Bugungi shiddatli zamonda transport vositalari kundalik 
    hayotimizning eng yaqin ko‘makchisi bo‘lib qolmoqda. Yurtimizda 
    aholi turmush farovonligining yuksalishi, ayniqsa, avtomobilsozlik 
    sanoati izchil rivojlanib borayotgani natijasida shaxsiy transport 
    vositalari soni sezilarli darajada oshib, yo‘llarda avtoulovlar qatnovi 
    ko‘paygan. Bu esa, tabiiyki, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, 
    fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulklarini himoya qilish 
    samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi. Mazkur masalaga 
    davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib, sohaning huquqiy 
    mexanizmi mustahkamlangani va ular asosida qator ishlar olib 
    borilayotgani diqqatga sazovor. 
    Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda barcha sohalarda, 
    jumladan, yo'l harakati xavfsizligi sohasida ham yo'l harakati 
    xavfsizligi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, yo'l-transport 
    hodisalarini oldini olish bo'yicha keng qamrovli islohotlar amalga 
    oshirilmoqda. Bu esa, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini tako-
    millashtirish fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va inson 
    hayotini saqlab qolishdek ezgu maqsadga xizmat qiladi. 
    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili 
    1,4 millionga yaqin odam yo'l-transport hodisalariga uchraydi. 
    Birgina O'zbekistonda, 2020 yilda mamlakatda 7000 ga yaqin yo'l -
    transport hodisalari sodir etilgan bo'lib, ularda 1600 dan ortiq odam 
    halok bo'lgan. 
    Mamlakatimizda avtomobillashtirishning o‘sishi yo'l harakati 
    xavfsizligini ta'minlash borasida ijobiy ishlar olib borilayotganiga 
    qaramay, mavjud vaziyat bu boradagi ishlarimizni takomil-
    lashtirishni, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasini o'rganish va joriy 
    etish hamda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun malakali 
    haydovchilar tayyorlashni taqozo etmoqda.
    Haydovchi o‘ziga tegishli transport vositasini boshqarish 
    jarayonida yo‘llarda boshqa transport vositalarining uzluksiz 
    harakatlanishini ta’minlashi, yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro 
    aloqada bo‘lishi, yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysunishlari kerak. 
    Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashda yo‘l-transport 
    infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish muhim 



    ahamiyat kasb etadi. Yo‘llarda harakatlanish qoidalari barcha shaxs-
    lar va fuqarolar uchun tegishli bo‘lgan majburiy talablarni o‘z ichiga 
    olib, kishilarning xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlashga qaratilgan. Bu 
    borada, ayniqsa, harakat xavfsizligini ta’minlashga javobgar bo‘lgan 
    ichki ishlar idoralari, xususan, yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan o‘ta 
    bilimdon va mas’ulyatli bo‘lish talab etiladi. Ko‘p hollarda haydovchi 
    va piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini bilmasliklari yoki yaxshi 
    o‘zlashtira olmaganliklari oqibatida yo‘l-transport hodisalari sodir 
    bo‘lmoqda. Yo‘l harakati qoidalari harakat ishtirokchilari zimmasiga 
    ham muayyan huquq va majburiyatlarni yuklaydi. Bu huquq va 
    majburiyatlarning asosiy qismi harakat xavfsizligini tartibga solib 
    turuvchi yo‘l-patrul xizmati xodimlari hamda yoshi, kasbi, mavqeidan 
    qat’i nazar turli toifadagi haydovchilar, yo‘lovchilar o‘rtasidagi 
    munosabatlarda aks etadi. Bu huquqiy munosabatlar yo‘llarda 
    harakatlanish qoidalari buzilgan taqdirdagina vujudga keladi.
    Ushbu o‘quv qo‘llanma barcha yo‘l harakat ishtirokchilariga va 
    professional ta’lim tizimidagi hamda oliy ta’lim muassasalarining 
    ta’lim oluvchilari, «В» hamda “С” toifali haydovchilik 
    guvohnomasini olish uchun nomzodlar uchun “Yo’l harakati qoidalari 
    va harakat xavfsizligi asoslari” fanini o‘rganishda qulaylik tug‘dirish 
    maqsadida yaratildi. 

    Download 12.53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




    Download 12.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. R. Kulmuxamedov, N. Muxitdinov, S. Mirshaxo‘jayev, Sh. Odilov, X. Yo

    Download 12.53 Mb.
    Pdf ko'rish