• Nazorat savollari
  • Jadval 3.  Microsoft Office versiyasi




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Jadval 3. 
    Microsoft Office versiyasi 
     
    Microsoft Office versiyasi Tarkibidagi 
    dasturlar soni
    Ishlab chiqarilgan yili 
    Microsoft Office 95 

    1995 
    Microsoft Office 97 

    1997 
    Microsoft Office 2000 

    2000 
    Microsoft Office XP 

    2001 
    Microsoft Office 2003 

    2003 
    Microsoft Office 2007 

    2006 
    Microsoft Office 2010 

    2009 
    Microsoft Office 2013 
    12 
    2012 
    Microsoft Office 2016 
    12 
    2015 
    Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, 
    tarkibiga yangi dasturlar qo‘shilib borsada o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmagan edi. 
    Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o‘zidan avvalgi 


    48 
    avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo‘lsada, 
    ko‘rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. 
    Nazorat savollari 
    1. Ofifice paketi dasturlariga nimalar kiradi? 
    2. Microsoft Word dasturning vazifasi va imkoniyalarini ayting. 
    3. Microsoft Excel dasturning vazifasi va imkoniyalarini ayting. 
    4. Microsoft Power Point dasturning vazifasi va imkoniyalarini ayting. 
     
    5.2. Microsoft Word matn muharriri 
     
     WORD matn muharriri Microsoft firmasining mahsulotidir. Hozirgi kunda 
    WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina 
    Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, 
    matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan 
    tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan 
    foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni 
    kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin. 
    WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning 
    tavsifi quyidagicha: 

    Uskunalar paneli - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda 
    tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa 
    va nomga ega. 

    Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni 
    tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats 
    chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin. 

    Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash. 

    Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror 
    bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, 
    sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin. 


    49 

    Konteks menyusi – ―sichqoncha‖ ning o‘ng tugmasi yordamida hosil 
    qilinadigan menyu. Tanlangan ob‘ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib 
    turadi. 
    Ofis 2017 dasturida sahifa parametrlarini sozlash maket meyusi yordamida 
    amalga oshiriladi. Custom margins bandidan sahifa parametrlari o‘rnatiladi. 



    Download 6,87 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish