Lokal va Global o‘zgaruvchilarni e‗lon qilinishi.
Mathcad ishchi hujjatni tepadan pastga va chapdan o‘ngga qarab o‘qiydi.
Yuqorida keltirilgan misolda, agar ifodani qiyMatni hisoblashda o‘zgaruvchilar
t
109
ifodadan pastga e‗lon qilingan bo‘lsa, ifodani qiyMatni hisoblashda xatolik yuz
beradi. Global o‘zgaruvchilarda esa ifoda qayerda yozilishidan qat‗iy nazar ifodada
global o‘zgaruvchi qatnashgan bo‘lsa unda tasir qiladi.
Mathcad da funksiyani ham aniqlash mumkin. Masalan f(x)=x2 funksiyani
qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
1. f(x): ni tering natijada f(x):=■ hosil bo‘ladi.
2. x2 ni tering natijada f(x):=x2 funksiya hosil bo‘ladi.
Bu yerda f funksiya nomi x esa funksiya argumenti. Funksiyaning ixtiyoriy
nuqtadagi qiyMatni hisoblash mumkin. Masalan f(3)=9 , f(5)=25, f(4)=16. Xuddi
shu tartibda ikki argumentli, uch argumentli va n argumentli funksiyani aniqlash
mumkin. Masalan ikki argumentli funksiyani qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
T(x,y):=x2+y2 , T(2,1)=5, T(2,2)=4.
Mathcad takroriy yoki iteratsion hisoblashlarni amalga oshirishi mumkin.
Bunda u diskret argumentli o‘zgaruvchilardan foydalanadi. Masalan x
o‘zgaruvchining 10 dan 20 gacha 1 qadam bilan
2
2
x
ifodaning qiymatlarini
hisoblash talab qilingan bo‘lsin. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1.x:=10,11 ifodani tering
2.20 ifodani tering natijada x:=10,11..20 hosil bo‘ladi, bu yerda . faqat ;
tugmasi orqali qo‘yiladi aks holda xato hisoblanadi. Agar oraliq berilgan bo‘lsa
qadamni aniqlash quyidagicha bo‘ladi. Birinchi qiymat kiritiladi va ― , ‖ dan so‘ng
ikkinchi son kiritiladi ular orasidagi ayirmani qadam sifatida oladi agar ‖ , ― dan
keyin son ko‘rsatilmasa qadamni 1 ga teng deb oladi. Diskret argument
aniqlangandan keyin, shu o‘zgaruvchini kiritib ―=‖ ni kiritsak bizga jadval shaklida
diskret o‘zgaruvchining qiymatlari keltiriladi. Boshqa dasturlash tillari kabi
Mathcad da ham o‘zimiz ixtiyoriy funksiyani e`lon qilishimiz mumkin oldindan
yaratilgan maxsus standart funksiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan:
sin(x), cos(x), ln(x) va boshqa funksiyalar.
Funksiyalarni
qanday
aniqlashni,
funksiya
diskret
argumentning
qiymatlarida hisoblashni va standart funksiyalardan qanday foydalanishni quyidagi
misollarda keltirilgan.
|