111
Rekursiv funksiya.
Mathcad dasturida rekursiv funksiyalar hosil qilish imkoniyatiga ham ega.
Funksiyani rekursiya orqali qiyMatni hisoblash deganda funksiyani qiyMatni
hisoblashda funksiya ichida yana shu funksiyadan foydalanish tushiniladi. Buni n!
ni hisoblash misolida ko‘rib chiqamiz.
fakt(n):=if(n=0,1,n∙fakt(n-1)) fakt(3)=6, fakt(5)=120.
Satr ustida bajariladigan funksiyalar.
Mathcad dasturida o‘zgaruvchilarning satrli tipi mavjud bo‘lib
ularning
qiymatlari qo‘shtirnoq ichida beriladi va ular ustida bir qancha amallarni bajarish
mumkin. Quyida satr ustida bajariladigan funksiyalar keltirilgan:
Rasm 42. Uch o‘lchovli grafiklarni hosil qilish.
concat(s1,s2) – s1 va s2 satrlarni birlashtiradi;
num2str(z) – z sonni satrga
aylantiradi;
str2num(s) – s satrni songa aylantiradi;
str2vec(s) – s vektorni songa aylantiradi;
vec2str(v) – v vektorni satr ko‘rinishda
aniqlaydi;
strlen(s) – s satr uzunligini aniqlaydi;
search(s,s1,n) – s satrda s1 belgini n-marta qatnashgan o‘rnini aniqlaydi;
substr(s,n,m)- s satrni n- belgisidan boshlab m- belgisigacha qirqib oladi.
Satr ustida bajariladigan funksiyalarga doir misollar.
112
Uch o‘lchovli grafiklar.
Mathcad dasturida uch o‘chovli grafiklarni ham tasvirlash mumkin. Uch
o‘lchovli grafik sohani hosil qilish uchun
1. Menyu satridan Insert – Graph-Surface plot ni tanlang.
2. Klaviaturadan Ctrl+2 ni tanglang.