O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana14.05.2023
Hajmi4.49 Mb.
#59467
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Tabiy tolalarni dastlabki ishlash Укув кулланма
moodle 4, qizlar toʻgarak, FIZIKA 10 SINF ISH REJA 4 SOATLIK . docx, Multimedia Texnologiyalari, hgc, Marketing asoslari najottalim.uz, AVTOMATIKA ORALIQ SAVOLLARI, 7, GARANT 27-12-2023, Veb server administratori kim , Aytniyazov Ikram Quniyaz uli, Ekonomikalıq turaqlılıq siyasatı., Nargiza taqdimot, Ommalashtirish uchun Sayyora taqdimoti
 
Kalta tolaning olinishi
Qisqa tolaning olinishi quyidagi jarayonlar bilan amalga oshiriladi: silkitish 
mashinasida chiqindilarni boyitish uchun yopishqoq chiqindining asosiy qismini 
ajratib tashlash; 1) silkitish; 2) boyitilgan chiqindini quritish; 3) quritilgan 
chiqindini ezish, savash va silkitish; 4) ajratilgan tolani navlash va presslash. 
Silkitish chiqindilarni titkilab turuvchi, pastki va ustki qimirlab turuvchi 
taroqlari bo„lgan mashinada amalga oshiriladi, ajralgan chiqindi panjara orqali 
o„tib (2) ketadi. Mahsulot mahkam panjarali mashina ichida quyidagi shart bilan 
harakatlanadi: < 2, > a
r
. Kostra yupqa qatlam holida yaxshi ajratiladi. Ezish, savash 
va silkitish (2-marta) kudel tayyorlash mashinasida amalga oshiriladi. Ezish uchun 
bir nechta ezish jufti ishlatiladi, keyin iste‟molchi valsalar (1) (31,32-rasmlar), 
savalash esa urish plankali ikki baraban (2) ishlatiladi. Uruvchi barabanlar (3) 
tolaning boshqa tolalarga o„ralmasligini ta‟minlab, tolani savash barabanlari bilan 
uradi. 
Ezish, savash va kudel tayyorlash mashinalaridan olingan chiqindidan tola 
ajratish mashinasi yordamida yigirib bo„lmaydigan qisqa tolalar olinadi. Uni kanop 
losi (teploizolyatsiya uchun) va qog„oz sanoatida ishlatiladi. 
Qisqa tolalarni navlash va presslash texnik shartlarga ko„ra tola ajratishdan 
boshlanadi. Navlangan tola 60 kg li kiplarga presslanadi. 


70 
31-rasm. Chiqindilarni silkitish va savash mashinasining chizmasi: 
- yuqori qo„zg„almas panjara va pastki tebranuvchi taroq; - yuqori 
tebranuvchi taroq bilan pastki qo„zg„almas panjara; - yuqori tebranuvchi 
taroq va pastki qo„zg„almas ninali panjara. 
32-rasmKalta tolani yanchish va ezish qurilmasi chizmasi 
- qabul qilish vallari; - plankali savash barabanlari; - ajratuvchi barabanlar;
- qabul qiluvchi val. 
Kalta tolalar olish 


71 
Yumshatish-savash agregatida ishlov berish jarayonida olingan chiqindilar
ya‟ni past navli tutam hamda poya chiqindilaridan kalta tolalarni olishda 
foydalaniladi. 
Kalta tolalarni olish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: 
- to„kilgan poya po‟stloqlarini silkish mashinasi yordamida tozalash; 
- boyitilgan chiqindilarni quritish; 
- chiqindilarga ishlov berish (yumshatish, savash va silkish) - kudele 
tayyorlov mashinasi; 
- kalta tolalarni navlash-saralash. Barcha jarayonlar mujassam texnologik 
tizimga birlashtirilgan bo‟lib, bunda TГ-135Л silkish mashinasi, CПК-10-KY 
konveyerli quritish mashinasi va KПМЛ-2M kudele tayyorlov yoki KП-100Л 
qabul qilish mashinasi hamda ПKM-1 zig„ir uchun, КПП-3 va KПП-4 kanop 
uchun mo„ljallangan texnologiyalardan iborat. 
Kalta tolalardagi xas-cho„plar, po„stloqlar TГ-l35Л (33-rasm) silkish 
mashinasida bartaraf qilinadi. 
33-rasm. TГ-135Л silkish dastgohi sxemasi. 
Mashinaning ishchi organlari o„n to‟rt ignali valik 1 dan iborat bo‟lib, har 
birining ro„parasidagi teshikchalarga ignalar 2 shaxmatsimon ko„rinishda 
o„rnatilgan. Ignali valiklari ostiga panjara 3 o„rnatilgan, u yog„och plankalardan 


72 
iborat. Ignalar valiklarga mahkamlangan, u esa o„z navbatida o‟qi bo„ylab 
tebranma harakatlanadi. ignalari yog„och plankalar oralig„idan chiqib turadi. 
Tolalar po„stloq, xas-cho„plardan ajratiladi va bunker 4 ga tushadi. Bu esa 
pnevmatik transportyor yordamida amalga oshiriladi. Silkish mashinasidan so„ng 
savash chiqindilari quritilib (quritish mashinasida), qayta ishlov berish uchun 
kudele tayyorlash KPML-2M (34-rasm) mashinasiga kalta tolalarni olish uchun 
yo‟naltiriladi. Sistemalashtirilgan pnevmotransportyor yordamida tolalar po„stloq 
va changdan tozalanadi. 
34-rasm. KPML-2M kudele tayyorlash dastgohi sxemasi. 
Ishlov berish uchun mahsulot ta‟minlovchi konveyer 1 ga solinib, qatlam 
ingichkalash mexanizmiga uzatiladi va u juft qoziqli barabanlar 2 dan tuzilib
cho„zuvchi 3 va qabul qiluvchi vallar 4 dan hamda yakka qoziqli baraban 5 dan 
tashkil topgan. Qatlamni ingichkalash mexanizmida ishlov berilayotgan material 
cho„zilib (tolalarning bir-biriga nisbatan siljishi), yumshatish validagi materialning 
tezligi qoziqli barabanga nisbatan bir necha marotaba yuqori. 
Qoziqlar tolalarga uzluksiz ravishda urilib, tolalar parallelligini ta‟minlash 
bilan bir qatorda yumshatish va savash mashinalarida ishlov berish sharoiti 
yaxshilanadi. Materialning uzluksiz ingichkalashtirilgan tomonlari 19 juft 
yumshatish vallari oralig‟idan o„tadi. Bunda po„stloqlar ezg„ilanib-sindiriladi va 
undan qisman tolalar ajratilib olinadi. Yumshatish vallaridan o„tgan tolalar savash 
mashinasining uch bo‟linmadan iborat qismiga yuboriladi. 
I va II savash bo‟linmasi juft ta‟minlovchi vallar 7 va 10, ikki juft savash 


73 
barabani 8 va 11 hamda bir juft qaytaruvchi barabanlar 9 va 12 dan tashkil topgan. 
III bo„linma ta‟minlovchi valiklar 13 va savash barabanlari 14 bilan jihozlangan. 
Uchala savash bo‟linmasida birgalikda materialga uch marotaba ishlov beriladi
bunda sezilarli darajada axlatlar miqdori tushirib qoldiriladi. 
Qaytaruvchi baraban alohida kompleks tolalarni savash barabanlari 8 va 11 
yuzasidan qaytarib savash zonasiga uzatadi. III savash bo‟linmasidan chiqqan 
tolalar silkish mashinasi IV qismiga uzatiladi. U valik 15 lardan iborat bo‟lib, 
ularning ignalari pastga hamda plankali konveyer 16 ga qaratilgan. Bu yerda 
tolalar titiladi va ignali valiklar yordamida taralish oqibatida mayda po„stloq 
chiqindilari tushirib qoldiriladi. Ishlov berilgan kalta tolalar mashinadan chiqarilib, 
navlanadi va presslanib toy ko„rinishida fabrikalarga jo‟natiladi. 
Zig„ir tolalariga birlamchi ishlov berish jarayonida chiqindilar - 
yigirilmaydigan kalta tolalar va po‟stloqlar ajratiladi. 
Po‟stloqlarda ham yigirilmaydigan tolalar mavjud bo‟lib, ular yumshatish, 
silkish va kudele tayyorlash mashinalari yordamida ajratib olinadi. Tolalar 
po„stloqdan tola ajratish mashinalari yordamida ajratib olinadi. Po„stloqlar qurilish 
materiallari, issiqlikni saqlash, mebellar, qog‟oz olishda va kemasozlik 
sanoatlarida ishlatiladi. Zig‟ir tolalariga birlamchi ishlov berish jarayonidan 
olingan past navli kalta tolalar hamda zig‟ir sanoatidan olingan chiqindilar 
noto„qima matolar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Tikuv va mo„yna sanoati uchun 
vatin, issiqlik va tovush yutuvchi linoleumlar uchun astarlik, tebranish va shovqin 
singdirish ma‟tolari uchun (avtomobilsozlik) va mebellarning yumshoqligini 
ta‟minlash maqsadida to‟ldiruvchi material sifatida qo„llaniladi. 

Download 4.49 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov

Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish