Kompyuter yig‘amiz
29/12/2014Farhod DadajonovAdmin1 Comment
Ushbu maqolada kompyuter yig‘ish bilan tanishib chiqamiz. Kompyuter bir nechta qurilma va platalardan tashkil topadi. Qurilmalarning har birini nimaga ishlatilishidan xabardor bo‘lsangiz, o‘zingiz bemalol kompyuter yig‘ib olishingiz mumkin. Kompyuterni yig‘ish, operatsion tizimni va ishlash uchun kerakli dasturlarni yuklash 1 soatdan 3 soatgacha vaqt olishi mumkin.
Kerakli asbob va qurilmalar:
“Plyus”li “otvyortka”
Kompyuter korpusi (Case)
“Blok pitaniya” (agar korpusni o‘zida bo‘lmasa)
Ona plata (Mother board)
Protsessor (CPU)
Video karta (ona plataga biriktirilgan ham bo‘lishi mumkin) – tasvirni monitorga yetkazib berish uchun ishlatiladi.
Tezkor xotira – Operativ xotira (RAM)
Qattiq disk (HDD)
Tarmoq kartasi (agar kompyuter tarmoqga ulanadigan bo‘lsa va ichki tarmoq kartasi bo‘lmasa)
Klaviatura
Sichqoncha
Monitor
Pilot
Operatsion tizim (Windows, Linux…) va kerakli dasturlar (MS Office, Open office…)
Diqqat! Kompyuter yig‘ish vaqtida elektr uskunalar bilan ishlash qo‘llanmalariga amal qiling.
Kompyuter yig‘ishda bir narsani esda tutingki, zamonaviy kompyuter qurilmalarini, hox bu ona plata, hox qattiq disk bo‘lsin bir-biriga noto‘g‘ri tarzda ulab qo‘yishni ilojisi yo‘q. Ya’ni, har bir qurilmani joylashtiruvchi “kaliti” bo‘ladi. Uni boshqachasiga kuch ishlatmasdan umuman ulab yoki joylashtirib bo‘lmaydi.
Kompyuterni tanlash:
Kompyuter qanday vazifani bajarishini aniqlashtirib oling. Uni narhi kompyuter qanday vazifani bajarishligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Word, Excel va shunga o‘xshash ofisda ishlatiladigan dasturlari bilan arzon “ofis kompyuteri” ham qiynalmasdan ishlay oladi. Turli xil og‘ir dasturlar, grafik dasturlar bilan ishlash uchun esa kuchli kompyuter yig‘ish kerak bo‘ladi. Albatta, uni narhi ham qimmat bo‘ladi.
Bo‘lajak kompyuterga qurilmalarni xarid qilishda sotuvchidan bu qurilmalar bir-biriga “sovmestimыy” ya’ni mos kelishini oldindan aniqlashtirib oling. Barcha qurilmalar, eng avvalo, kompyuterni korpusi va ona plata bilan mos keladigan bo‘lishi kerak.
|