II. TAJRIBA ISHINING TOPShIRIQLARI
BIOS joylashgan o’rnini aniqlash.
BIOS vazifasi o’rganib chiqiladi.
Sistemali BIOS tarkibi o’zlashtiriladi.
ShEMga yangi qurilmalarni ulash va o’rnatishda BIOS ni roli tahlil qilish.
Multimedia qurilmalarini o’rnatish tartibi o’zlashtirish.
DMA va IRQ kanallarning bo’shi tanlash.
DMA va IRQ kanallarga mos slotlarni tanlash.
Tovush kartasini o’rnatilash va karnaylarni ishga tushirish.
Yangi tipdagi printerni o’rnatish.
Qo’shimcha video adapter o’rnatish.
Tezkor xotira hajmini kengaytirish.
Modem o’rnatish.
Tramoq platasini o’rnatish va uni ishga sozlash.
Qo’shimcha IDE va USB interfeysli vinchestrlarni o’rnatish va foydalanish.
Sovutish tizimini nazoratdan o’tkazish.
III. ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishning uslubiy qismini o’rganib chiqing.
Guruh jurnalidagi tartib raqamingizga mos keluvchi variant nomerini tanlang.
Topshiriq talabiga ko’ra tajriba ishini bajaring.
IV. HISOBOTNI TAYYORLASh VA TOPShIRISH TARTIBI
Hisobot talabaning variant nomeri bo’yicha barcha talablar asosida bajariladi va rasmiylashtirilgan holda topshirishdan iborat bo’ladi.
2 – TAJRIBA ISHI TEZKOR XOTIRA QURILMALARINING TADQIQI
Ishning maqsadi: Tezkor xotira va qismlarning turlari va bir – biridan farqini tahlil qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish uchun nazorat o’tkazish tartibini o’zlashtirish.
Kompyuter ikkita asosiy qismdan: markaziy protsessor va xotira qurilmasidan iborat bo’ladi. Tezkor xotira keng imkoniyatga ega bo’lgan RAM lar majmuasidan tuzilgan bo’lib, operatsion tizim orqali kompyuter unga murojjat qiladi.
Har qanday xotira qurilmasi ikki qismdan iborat:
Boshqarish bloki xotiradan A adresli yacheykani tanlashni ta`minlaydi, ya`ni bu yacheykaga murojaat qilish va so’rov bo’yicha o’qish yoki yozish amallarini boshqaradi. O’qish amali, A adresli yacheykadan so’z o’lchov birligidagi axborotni chiqish shinasiga O’Q: ChIQ:=[A] ta`minlaydi. Yozish amali, kirish shinasidan so’z o’lchov birligidagi axborotni qabul qilish va uni A adresli yacheyka yozish YoZ: [A]:=KIR ta`minlaydi. Xotira yacheykasiga murojaat qilish boshqarish bloki tarkibidagi selektsiya sxemasi orqali ta`minlanadi.
Xotira qurilmasining asosiy xarakteristikalari:
Hajm;
Tezlik;
Chidamlilik
Tannarxi
|