|
Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining
|
bet | 102/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgMultimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishta ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va yoki turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq soxasidir.
Multimedia (multimedia - ko’p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va boshqalarni foydalangan holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi.
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u erda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, hozirdayok keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi katta sig’imli Tashqi eslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin.
Ixcham (kompakt) disklarning (CD) narxi ular ommaviy ko’paytirilganda yuqori emas, ularning katta sig’imi (650 Mbayt va undan yuqori), yuqori ishonchliligi va ko’pga chidamliligini hisobga olinsa, CD da ma’lumotlarni saqlash narxi foydalanuvchi uchun magnit disklarga qaraganda beqiyos pastdir. Bu shunga olib keldiki, juda turli-tuman vazifali ko’pchilik dasturli vositalar aynan CD da etkazib berilmoqda. Ixcham disklarda xorijda keng qo’lamdagi qiymatlar bazasi, butun boshli kugubxonalar tashkil etilmoqda; CD da suratlar, ma’lumotnomalar, enciklopediyalar, umumiy ta’lim va maxsus fanlar bo’yicha ta’lim beruvchi va rivojlantiradigan dasturlar taqdim etilgan.
CD lar, masalan, chet tillar, yo’l harakati qoidalari, buxgalteriya hisoboti, umumiy qonunchilik va xususan, soliq qonunchiligini o’rganishda keng ishlatilmoqda. Va bularning hammasi matnlar va rasmlar, nutqli ma’lumotlar va multiplikaciyalar, musiqalar va videolar bilan ilova qilinmoqda. Sof maishiy jihatdan CD ni audio va videoyozuvlarni saqlash uchun ishlatish mumkin, ya’ni pleyerli audiokasseta va videokasseta o’rnida ishlatish mumkin. Albatga bu erda CD da saqlanadigan katta miqdordagi kompyuter o’yinlari to’g’risida ham eslatib o’tish kerak.
Shunday qilib, CD-ROM (va yana kelajakdagi raqamli DVD videodisklari) funkcional vazifalari bo’yicha ham ixcham disklarga yozilgan ma’lumotlarni eshitib ko’rish muxiti bo’yicha ham turli-tuman katta hajmdagi ma’lumotlarga murojaat qilish uchun katta yo’l ochib beradi.
Bu erda aytib o’tilgan qurilmalarning ba’zi birlari (CD-ROM, DVD-ROM va DVD-RAM, skanerlar) oldin ko’rib chiqilgan. quyida faqatgina kompyuterli audio va videotexnologiyani qo’llaydigan ba’zi qurilmalarga to’xtalamiz.
Multimedia qurilmalarini o’rnatish uchun tovush kartasidan foydalaniladi. Tovush kartasi platadagi kengaytmada o’rnatiladi. U analogli signallarni raqamli signallarga aylantiradi va doimiy xotira qurilmasiga yuboradi. Shu bilan bir qatorda tovush kartasi orqali teskari amalni ham bajarish mumkin: raqamli signallarni analog ko’rinishida keltirib auditoriyaga uzatishi mumkin. Tovush kartasidagi ma`lumotlar CD-ROMda joylashtiriladi.
Tovush kartasini ishlatish uchun maxsus drayverlar o’rnatiladi. U ShK va tovush kartasi bilan o’zaro aloqa o’rnatadi.
Odatda, tovush kartasi IDE interfeysi orqali CD- ROM disk yurituvchi qurilmaga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, shley va tovush simlarini disk yurituvchi qurilmadan tovush kartasiga o’rnatish zarur.
|
| |