O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




Download 472,07 Kb.
bet100/131
Sana13.05.2024
Hajmi472,07 Kb.
#230223
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131
Bog'liq
Apparat va dasturiy-www.hozir.org

BIOS (doimiy xotira) — Rentium tipidagi kompyuterlarda mavjud bo’lib, ulardagi ma`lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda yoziladi. Bu ma`lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat o’qish uchun foydalaniladi.
BIOS - bu termin bazali kiritish - chiqarish sistemalarisining asosidir. BIOS dastur va apparat simlari o’rtasidagi bog’lovchi hisoblanadi. Bazali kiritish - chiqarish cistemalarining asosi, bu kombinatsiyalash BIOS lar va qiymatlar uchun yuklanadigan drayverlardir. BIOS ning bir qismi tizim platadagi mikrosxemaga joylashadi va u Firm Ware deb nomlanadi (aynan mana shu mikrosxema foydalanuvchi BIOS ni kompyuterdan apparat qismiga o’tkazadi).
Operatsion sistema o’z o’rnida BIOS orqali apparat taminotiga murojaat qiladi. Bu bog’lanish drayver qurilmalar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi dastur va apparat qismlarini farqlay olmaydi. Buni yuqori darajadagi komponentlar sistemasi orqali tushuntirish mumkin. To’liq ma`lumotni bizga BIOS tushunchasi beradi. Doimiy xotira kompyuter vositalarini tekshirish, operatsion sistema (OS, misol uchun Windows) ni yuklanishini amalga oshirish va kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi ichki (baza) funktsiyalarini bajaradi. Bu funktsiyalarning asosiy qismini kiritish-chiqarish xizmatidagi dasturlar tashkil etgani uchun mazkur dasturni BIOS (Basic Input Output System yoki bazali kiritish-chikarish sistemasi) deyiladi. BIOS da shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini sozlovchi SETUP dasturi ham joylashgan bo’ladi. Bu dastur qurilmalarning ba`zi bir xarakteristikalarini o’rnatish (videokontroller, qattik disk va disk yurituvchi qurilma, undan tashqari parollar o’rnatish va boshqalar) ga xizmat qiladi. Bu dastur ishlashini, kompyuterni har safar yuklashda va qayta yuklashlarda ko’rish mumkin.
BIOS dastur va apparat qismlari sistemasi o’rtasida «oraliq qatlamni» hosil qiladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar BIOS ostida drayver uskunalarini tushunishadi.
Kiritish – chiqarish sistemasi – bu BIOS ning kombinatsiyasi, shuningdek yuklanadigan drayverlar tuzilishi sistemali platadagi mikrosxemada saqlanuvchi BIOS ning bir qismi firvare - deb ataladi.
Operatsion sistema modullari o’z navbatida BIOS ning kengaytirilgan modulli hisoblanadi va shu orqali apparat ta`minotiga murojat qiladi. Bu aloqa drayver dastur ko’rinishida bo’lib, har bir operatsion sistema (DOS, Windows 9X, Windows NT, Windows 2000/OS/2, Linux) o’z drayveriga ega bo’ladi. BIOS ga turli qurilmalar o’rnatilganda, standart interfeysni operatsion sistemalarga ta`minlaydi.
BIOS ning CMOS dan farqi: BIOS dan tashqari CMOS apparat vositalarini boshqarish bo’limi (ichida joylashgan) mavjud bo’lib, tizim platalariga CMOS xotira dastur ta`minoti yozilgan. BIOS yoki ROM BIOS nomli mikrosxema mavjud. Bu mikrosxemaga sistemani boshlang’ich yuklash va qurilma drayverlari mavjud bo’ladi. Bundan tashqari test protsedurasi va tizim konfiguratsiyasi bo’ladi. Bu parametrlarni saqlovchi va batariyadan zaryadlovchi CMOS xotira ba`zi hollarda NV RAM deb ataladi. Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarga dastur yuklovchilarini saqlaydi. Bu dasturlar kompyuter ishga tayyor bo’lgandan toki ishni tugatgunga qadar bajariladi. Bular ko’p hollarda BIOS PS tipidagi kompyuterlarda ham asosiy funktsiyani bajaradi. BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas, balki ShK ning kompanenti hisoblanadi, negaki ShK da ishlatiladigan OT o’zgartirilganda ham BIOS o’zgarmaydi (DEQQ da joylashganligi uchun). BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • kompyuterni initsiallashtirish, ya`ni mashina tok manbaiga ulaganda, uning barcha elementlarini boshlang’ich holatga keltirish;


  • testdan o’tkazish, ya`ni kompyuterda yaxlitlikni, apparatura va dasturli resurslarning ishga layoqatliligini tekshirish (protsessor, xotira, drayverlar va boshqalar);


  • operatsion tizimni o’rnatish, ya`ni tizimli diskdan OT yuklovchisini o’qish;


  • xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzilishlarni qayta ishlash;


  • ShK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. ShK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.






Download 472,07 Kb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131




Download 472,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

Download 472,07 Kb.