GLOSSARIY
A
Algoritm – amallarning cheklangan
soni yordamida masala
yechimini belgilovchi buyruqlarning cheklangan toʻplami.
Algoritmlash – Berilgan masalani yechish uchun algaritm
tuzilishi.
Antivirus – viruslarni aniqlovchi yoki aniqlovchi va yoʻq
qiluvchi dastur. Agar virus yoʻq qilinmasa, zaharlangan dastur yoʻq
qilinadi. Yana –
viruslardan himoyalashga, zaharlangan dasturiy
modullar va
tizimli makonlarni aniqlashga, hamda zaharlangan
obyektlarning dastlabki holatini tiklashga moʻljallangan dastur.
Arxiv
– arxivator dastur
yordamida zichlashtirilgan
ma’lumotlar va dasturlar majmui.
Atribut – alomat, tarkibida xarakteristikalaridan biri boʻlgan
ma’lumotlar tavsifi: ismi, turi, uzunligi, soni,
ifodalanish shakli,
sanoq tizimi.
Autentifikatsiya – odatda tizim resurslaridan foydalanishga
ruxsat etish xususida qaror
qabul uchun foydalanuvchining,
qurilmaning yoki tizimning boshqa tashkil etuvchisining
identifikasiyasini
tekshirish;
saqlanuvchi
va
uzatuvchi
ma’lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini
aniqlash
uchun tekshirish.
Axborot – tushunchasi lotincha informatio soʻzidan kelib
chiqqan boʻlib,
biror-bir dalil, voqea, hodisani bayon qilish
tushunchasini bildiradi.