Axborotni havfsizligi – axborot, ahborot
zaxiralari va axborot
tizimlarida talab qilingan extimollikda axborot chiqib ketishidan,
oʻgʻirlanishidan, yoʻqotilishidan himoya ta’minlanadi.
Axborot
himoyasi –
axborotni
soxtalashtirish,
buzish,
oʻgʻrilash, noqonuniy tarqatishni bartaraf
etish harakatlari va
vositalari.
Ajratilgan liniya – doimiy yoki uzoq muddatga oʻrnatilgan
aloqa liniyasi (ma’lumotlar uzatish kanali). Telekommunikatsiya
kompaniyalari tomonidan bunday kanallar ijaraga beriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkiliy
texnik tizim
boʻlib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini boshqarish
jarayonida va ilmiy – muhandislik islarida axborot tahlil ta’minoti
maqsadida ishlatiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari – Axborot
texnologiyasi boʻlib, ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, qayta
ishlashda ishlatiladigan usullar va hisoblash texnikasi vositalari va
aloqa tizimidan iborat boʻladi.
Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi – bu tizim oʻquv
jarayonini boshqaradigan oʻquv-uslubiy kompleks materiallaridan
(namoyish, nazariy, amaliy, nazorat)
va kompyuter dasturlaridan
tashkil topgan.
Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki – ma’lumotlar
bazalarini boshqarish tizimlarining yigʻindisi va ularning
boshqaruvi ostidagi konkret ma’lumotlar bazasidir.
Avtomatik nazorat (oʻrnatilgan nazorat) – apparat vositalari
yordamida avtomatik bajariluvchi nazorat.
Avtorizatsiya –
tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy
autentifikatsiyasiga asosan, ma’lum foydalanish
huquqlarini taqdim
etish.