Konfidensiallik – 1. Avtorizatsiyalanmagan shaxs tomonidan
olinishi yoki foydalanishi tashkilot uchun jiddiy zarar sababi boʻla
olmaydigan ma’lumotlarning qandaydir sinfi. 2. Alohida shaxslar,
modullar, jarayonlar
ruxsatisiz aniqlanishi, va foydalanishi mumkin
boʻlmagan axborot xususiyati.
M
Ma’lumotlar bazasi – tatbiqiy dasturlarga bogʻliq boʻlmagan
holda
ma’lumotlarni
tavsiflashning,
saqlashning
va
manipulyatsiyalashning umumiy prinsiplarini koʻzda
tutuvchi,
ma’lum qoidalar boʻyicha tashkil etilgan ma’lumotlar majmui.
Predmet sohasining informatsion modeli hisoblanadi. Ma’lumotlar
bazasi odatda abstraksiyaning tashqi, konseptual
va ichki satxlari
orqali ifodalanadi.
Ma’lumotlar modeli – ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni
tashkil etishning mantiqiy ifodasi.
Ma’lumotlar avtorizatsiyasi – ma’lumotlarning ma’lumotlar
bazasiga tegishli darajasini aniqlash va belgilash.
Ma’lumotlar bazasi ma’muri – ma’lumotlar
bazasi xususida
toʻliq tasavvurga ega, undan foydalanish
va rivoji uchun javobgar
maxsus lavozimli shaxs (shaxslar guruhi). Ma’lumotlar banki
ma’muriyati tarkibiga kiradi.