• Formulalarni kiritish.
  • A1 katakka “Январь” soʻzini yozamiz, hamda “Enter”




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    A1 katakka “Январь” soʻzini yozamiz, hamda “Enter” 
    tugmasini bosamiz. Endi sichqoncha kursorini A1 katakning oʻng 
    pastki burchagidagi kichik kvadratchaga olib kelamiz. Natijda 
    quyidagi darcha paydo boʻladi: 
    4.99-rasm. Kataklarni avtotoʻldirish 
    Kursor koʻrsatkichi oq krestikdan kichik qora krestikka 
    oʻzgarganda sichqonchani chap tugmasini bosing va uni qoʻyib 
    yubormasdan sichqoncha koʻrsatkichini A12 katakka olib keling. 
    Siz sichqonchaning chap tugmasini qoʻyib yuborganinggizdan 
    keyin belgilangan kataklar oy nomlari bilan avtomatik ravishda 
    toʻdiriladi. 
    41
    Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
    431-432. 
    121


    4.100-rasm. Kataklarni oylar bilan avtotoʻldirish 
    Endi Excelda sana boʻyicha ma’lumotlar roʻyxatini hosil 
    qilishni koʻramiz. 
    B1 katakka 12.01.2012 sanani yozamiz va sichqoncha kursorini 
    toʻldirish markeriga olib kelib B1:B12 kataklar diapazonini 
    belgilaymiz. Avtomatik ravishda sanalar ketma – ketligi hosil 
    boʻladi. 
    4.101-rasm. Kataklarni sana bilan avtotoʻldirish 
    Formulalarni kiritish. Agar formulalar boʻlganida edi elektron 
    jadvallarni matn muharrirlari yordamida tuzish mumkin boʻlardi.
    Formula bu arifmetik ifoda boʻlib, unda raqamlar, kataklarning 
    manzillari, funksiyalar, arifmetik amallarning belgilari +, -, * va /. 
    Formula „=“ belgisidan boshlanadi. By belgini dastur koʻrganda 
    katakda avtomatik hisoblashni boshlaydi
    42

    42
    Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
    454-455. 
    122


    Bu borada amaliy koʻnikmalar hosil qilish uchun boʻsh katakni 
    ajrating va unga =10+5 ni kiriting, Enter tugmachasini bosing. 
    Katakda 15 ifodasi (raqami), formulalar qatorida esa formulaning 
    oʻzi paydo boʻladi. Formulalarda sonlar bilan birga kataklarning 
    ishoralar deb ataluvchi manzillarni ham ishlatish mumkin. 
    Kataklarga ishoralarni oʻz ichiga olgan formulalarni tuzar ekansiz, 
    siz formulani kitobning kataklari bilan bogʻlaysiz. Formulaning 
    ifodasi katakning ichida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga bogʻliq 
    boʻladi va u katakning ichidagi ma’lumotlar oʻzgarishiga qarab 
    oʻzgaradi. 
    Misol: =A1*2
    Arifmetik amallar: 
    + – qoʻshish. 
    – – ayirish.
    * – koʻpaytirish.
    / – boʻlish. 
    ^ – darajaga oshirish. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A1 katakka “Январь” soʻzini yozamiz, hamda “Enter”

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish