• CADD
  • Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

      Bu sahifa navigatsiya:
    • CADD
     
    7.1. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari 
    Hozirgi kunda – avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) 
    tushunchasi 
    odatda, 
    CAD/CAE/CAM 
    tizimlariga 
    nisbatan 
    qoʻllanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab – 
    chiqarish va muhandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini 
    amalga oshiruvchi dasturlar toʻplamiga nisbatan qoʻllaniladi. 
    Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo boʻlgan. Aynan shu 
    vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab 
    chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi. 
    Zamonaviy qurilmalar va ularning tashkil etuvchilarining ish 
    xarakteristikalariga boʻlgan talablar yildan yilga murakkablashib 
    bormoqda, bu esa ularning konstruktiv oʻzgarishiga olib keladi. 
    Oʻz navbatida konstruktiv oʻzgarishlar loyihalash, tajriba ishlarini 
    murakkablashuviga olib keladi. 
    Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM 
    tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, NX 
    Nastran, MSC ADAMS, Inventor and mechanical Desktop, 
    Pro/Engineer, Parasolid, Solid Edge, KOMPAS, 3ds Max va h. k. 
    CAD/CAE/CAM tizimlarini koʻrib chiqamiz: 
    CAD – loyihalashni avtomatlashtirish vositasi boʻlib 2 
    oʻlchamli va 3 oʻlchamli geometrik loyihalash yoki texnologik 
    hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi. Bundan : 
    CADD – loyihalashda chizmalarni bunyod qilish; 
    CAGD – geometrik modellashtirish; 
    CAE – muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, 
    fizik 
    jarayonlarni 
    foydalanishni 
    tahlil 
    qilish, 
    dinamik 
    modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish. 
    CAM – buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik 
    vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash. 
    192


    7.1 rasm. CAD/CAE/CAM tizimlari yordamida modelashtirish 
    Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarishda unga, 
    mahsulotning bozorga chiqarish vaqtining qisqa, mahsulot tan 
    narxining kam va sifatining yuqori boʻlishi kabi asosiy talablar 
    qoʻyiladi. Bu talablarni CAD/CAE/CAM texnologiyalarini keng 
    miqiyosda qoʻllamasdan turib amalga oshirishning iloji yoʻq.
    Butun dunyo raqobat sharoitida, zamonaviy ishlab chiqarish 
    korxonalari faoliyatini toʻxtatmasligi uchun, yangi mahsulotlarini 
    yuqori sifatli, pastroq narxda va qisqa vaqtda ishlab chiqarishi 
    kerak. Shu sababli ular, kompyuterlarning katta xotirasi, yuqori
    tezkorligi va qulay grafikali interfeysini, avvallari juda zerikarli va 
    oʻzaro bogʻlanmagan jarayonlar boʻlmish – loyihalash va ishlab-
    chiqarish muamolarini oʻzaro bogʻlash va avtomatlashtirish 
    muamosiga iloji boricha qoʻllashga xarakat qilinmoqda. Natijada 
    mahsulot ishlab chiqarish vaqti va tan narxi pasayib, qisqarmoqda. 
    Aynan shu maqsadda avtomatlashtirilgan loyihalash (computer – 
    aided design – CAD), avtomatlash-tirilgan ishlab chiqarish 
    (computer – aided manufacturing – CAM) va avtomatlash-tirilgan 
    muhandislik (computer – aided engineering – CAE) texnologiyalari 
    qoʻllaniladi. CAD/CAM/ CAE tizimlarini ahamiyatini tushinish 
    193


    uchun biz mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlaridagi 
    har xil muamolarni yechimi va ketma-ketliklarini oʻrganib 
    chiqishimiz kerak. Barcha bu masalalar birgalikda mahsulotni 
    hayot sikli (product cycle) deb nomlanadi
    55
    . Masalan, 7.1-rasmda, 
    Zeyd tomonidan taklif qilingan mahsulotni hayot siklining qisman 
    yangilab oʻzgartirilgan koʻrinishi keltirilgan. Tasvirda uzluksiz 
    toʻrtburchak bilan cheklab, mahsulotni hayot siklini asosiy ikki – 
    loyihalash va ishlab chiqarish – jarayonlari koʻrsatilgan. 
    Loyixalash jarayoni, asosan marketing boʻlimga murojaat qiluvchi 
    mahsulotni qoʻllovchi-foydalanuvchilar talabidan boshlanib, tayyor 
    mahsulot loyihasi koʻrinishida yakunlanadi. Ishlab chiqarish 
    jarayoni boʻlsa texnikaviy talablardan boshlanib, tayyor mahsulot 
    ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. 
    Rasm 7.2 – Maxsulotning hayot sikli
    55
    Kunwoo Lee. Principles of CAD/CAM/CAE: The Computer Aided 
    Engineering Design Series. 5st Edition. Addison Wesley Longman, USA, 2015. p 1-5. 
    CAM 
    194


    Loyihalash jarayoni yakunlanib optimal koʻrsatgichlar tanlab 
    olingandan keyin loyihani boxalash etapi boshlanadi. Shu 
    maqsadda protip(maket)lar yaratiladi. Agar loyihani prototip 
    asosida baholash tablarga javob bermasa, unda yuqoridagi jarayon 
    yana qaytariladi.
    Agar loyiha qonikarli baholansa unda loyihani hujjatlash 
    boshlanadi. Bunga chizmalar, hisobotlar va materiallar roʻyxati 
    yaratiladi. Koʻpincha, chizmalardan nusxa olinib, nusxalari ishlab 
    chiqarishga yuboriladi.
    Ishlab chiqarish jarayoni, 7.2. rasmda koʻrsatilganday, 
    loyihalash jarayonidan olingan chizmalar asosida rejalashdan 
    boshlanib, mahsulotni ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Ishlab 
    chiqarishni texnologik tayorlash jarayoni – bu mahsulotni ishlab 
    chiqarish uchun kerakli texnologik operatsiyalarni roʻyxatidan va 
    ularning koʻrsatgichlarini aniqlashdan iboratdir. Bir vaqtda 
    mahsulot tarkibiy qismlari yasab tayyorlash uchun kerakli 
    qurilmlar tanlab olinadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash 
    natijasida mahsulot chiqarish rejasi, materiallar roʻyxati va 
    qurilmalar uchun rejalar tuziladi.
    Yuqorida mahsulotni tipik hayot siklini keltirdik. Endi shu 
    hayot siklining qaysi etaplarida CAD, CAM va CAE 
    texnologiyaliri ishlatilishini qarab chiqamiz. Sintez etapidagi sifat 
    axborotlarini 
    kompyuterda 
    avtomatlashtirish 
    murakkab 
    hisoblanadi. 
    Kompyuterdan 
    parametrik 
    va 
    geometrik 
    modellashtirish qurollaridan foydalanish, shu bilan birga 
    avtomashtirilgan chizmalarni yaratishda (computer-aided drafting) 
    tizimidagi 
    makrodasturlash 
    foydalanish 
    qulay 
    hisoblanadi. 
    Bularning barchasi CAD tizimiga tipik misollar boʻladi. Geometrik 
    modellash tizimi (geometric modeling system) – bu chizmalarni 
    avtomatik yaratish tizimining uch oʻlchamli analogi boʻlib, yaniy 2 
    oʻlchamli tekslikdagi emas balki uch oʻlchamli (fazoviy) obyektlar 
    bilan ishlovchi dasturlar majmuasidir
    56
    .
    56
    Kunwoo Lee. Principles of CAD/CAM/CAE: The Computer Aided 
    Engineering Design Series. 5st Edition. Addison Wesley Longman, USA, 2015, p 1-5. 
    195


    Analitik loyihalash fazasida, kompyuterni qoʻllash xissasi yaqol 
    koʻrina 
    boshlaydi. 
    Bu 
    dasturlar 
    majmuasi 
    muhandislik 
    avtomatlashtirish tizimlariga (CAE) tegishli jihozlar xosoblanadi. 
    Ularni qoʻllashdagi bosh muamo – bu iloji boricha aniqroq analitik 
    model tuzishdadir. Abstraklash jarayonini atomatlash juda qiyin, 
    shu sababli koʻpincha analitik modelning oʻzi mustaqil yaratiladi. 
    Aksariyat xolatlarda absrakt modellar avtomatlashtirilgan chizma 
    chizish yoki geometrik modellashtirish uchun qoʻllanadigan 
    tizimlarda yaratilib, ayrim xollarda tizim tarkibidagi joylashtirilgan 
    maxsus analitik dasturlar majmuasi qoʻllanadi. Analitik dasturlar 
    majmuasi koʻpincha obyektni kompyuterda hosil qilish oson 
    boʻlishi uchun, birlashtirilgan oʻzaro aloqadagi maxsus qisimlardan 
    iborat boʻlishini talab qiladi. 
    Kompyuterni qoʻllash orqali loyihani baholash fazasi ham oson 
    amalga oshiriladi. Agar boxolash uchun protip (maket) kerak 
    boʻlsa, dasturlar majmuasida berilgan loyiha asosida, tezda dastur 
    kodini kiritib, kompyuterdagi tez prototiplash texnologiyasi 
    yordamida yaratish mumkin. Bunday majmualar kompyuterda 
    ishlab 
    chiqarishni 
    tayorlash 
    (CAM) 
    tizimi 
    hisoblanadi. 
    Boshlangʻich hisob-kitoblar esa oʻz navbatida geometrik loyihalash 
    natijasida hosil qilinadi
    57


    Download 10,08 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish