O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Nishonova elektronikaning fizik asoslari o‘quv qo




Download 1,96 Mb.
bet27/52
Sana19.02.2024
Hajmi1,96 Mb.
#158642
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

III BOB. KONTAKT HODISALARI


3.1. Kontakt hodisalari. Elektronlarning metal va yarim o‘tkazgichdan chiqish ishi



Qattiq jism o‘tkazuvchanlik turi bilan farqlanuvchi yoki o‘tkazuvchanlik turi bil xil bo‘lib, solishtirma qarshiligi bilan farqlanuvchi sohalari orasidagi kontakt natijasida hosil bo‘ladigan o‘tkinchi qatlam elektr o‘tish deb ataladi. Yarim o‘tkazgich asboblarda elektron-kovak o‘tish yoki p —n o‘tish deb ataluvchi elektr o‘tishdan keng foydalaniladi.
Taqiqlangan zonalari kengligi teng, ya’ni kimyoviy jihatdan bir xil yarim o‘tkazgich materiallar (masalan, Si yoki GaAs) asosidagi elektr o‘tishlar gom oo‘tish, taqiqlangan zonalari qiymati bir-biridan farqlanuvchi yarim o‘tkazgichlar asosidagi o‘tishlar esa geteroo‘tish deb ataladi.
Metallarda taqiqlangan zona bo‘lmagani sababli, getero o‘tishlarning xususiy holiga mos, metall — yarim o‘tkazgich deb ataluvchi elektr o‘tishlar ham elektronikada keng qo‘llaniladi. Ko‘p yarim o‘tkazgich asboblar va integral mikrosxemalarning ishlash prinsipi elektr o‘tishlarning xususiyatlariga asoslanadi.
Metall sirtidan elektronning chiqish ishi qattiq jismdagi maksimal kinetik energiyali elektron jismni tark etishi uchun unga berilishi lozim bo‘lgan minimal qo‘shimcha energiya kabi aniqlanadi. Metallarda chiqish ishini aniqlashning quyidagi usullari ma’lum:
1. Diodning volt-amper xarakteristikasi yordamida chiqish ishini aniqlash;
2. Richardson to‘g’ri chizig’i usuli yordamida chiqish ishini aniqlash;
3. To‘liq tok usuli yordamida chiqish ishini aniqlash;
4. Kalorimetrik usul yordamida chiqish ishini aniqlash;
5. Kontakt potensiallar farqi usuli ( Zisman Tomson va Anderson metodlari)
6. Tashqi fotoeffekt hodisasi yordamida chiqish ishini aniqlash;
Endi, doimiy kattalik A va chiqish ishi ni tajribada aniqlashning ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘pincha, A va parametrlarning qiymatlarini aniqlashda Richardson to‘g’ri chizig’i usulidan foydalaniladi. Bu usul bilan A va doimiyliklarining qiymatlarini topish uchun katoddan emissiyalanayotgan elektronlarning tok zichligi j har xil haroratlar uchun o‘lchalanadi. So‘ngra, tajriba natijalari quyidagicha analiz qilinadi:
Richardson-Deshmanning ushbu ko‘rinishdagi
(3.1)
tenglamasining har ikkala tarafini ga bo‘lib hosil bo‘lgan ifodani logarifmlaymiz. U holda quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
(3.2)
Bu formuladan ko‘rinadiki, funksiyaning grafigi to‘g’ri chiziqdan iborat bo‘lib, uning abssissa o‘qi bilan hosil qilgan α burchagi chiqish ishi bilan quyidagicha bog’lanishda bo‘ladi:
(3.3)
bunda, k-Bolsman doimiysi, e-elektronning zaryadi.
Tekshirilayotgan metalning emission doimiyliklarini aniqlashga imkon beradigan bu chiziq, Richardson to‘g’ri chizig’i deyiladi. Lekin bu usul bilan chiqish ishi ni aniqlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bu qiyinchilik katod haroratsini va tok zichligini o‘lchashning murakkabligi bilan bog’liqdir. Shuning uchun, chiqish ishini boshqa usullardan foydalanib o‘lchash va har xil usullar bilan olingan natijalarni taqqoslab ko‘rish lozim bo‘ladi. Birinchi navbatda chiqish ishini aniqroq o‘lchash talab qilinadi. Chiqish ishini o‘lchashda metall sirtining toza bo‘lishi, vakuum sharoitining normal bo‘lishi talab qilinadi. Undan tashqari, katod haroratini aniq o‘lchash lozim. Richardson to‘g’ri chiziqlari metodidan tashqari, metallarda elektronlarning chiqish ishini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: kontakt potensiallar farqi usuli, fotoemissiya to‘lqin uzunligining bo‘sag’asi usuli, kalorimetrik usuli. Tajribada aniqlangan doimiy kattalik A ning va chiqish ishi ning qiymatlari seziy (Cs) uchun 1,89 V, A=160· A/ · , bariy uchun 2,29 V, A=60· A/ · , volfram uchun = 4,54 V, A=75· A/ ·
Termokatod sifatida faqat volframdan foydalanish mumkin. Uning erish haroratsi 3400 K bo‘lib katodnig ishchi haroratsi 2200 K da termoelektron tok zichligi taqriban 103A/m2 ga yetadi. Ko‘pincha metalning emission doimiyliklarini aniqlashda maxsus tajriba lampasidan foydalaniladi. Tolasimon katodning o‘rtasidagi bir tekis qizdiriladigan qismi silindr shaklidagi anod bilan o‘rab olingan. Anoddagi kichik teshikdan foydalanib, optik pirometr yordamida katod haroratsi o‘lchanadi. Anodning chetlarida himoyalovchi halqa joylashtirilgan bo‘lib, ular katodning chetlaridagi “sovuqroq” qismlarning emission tokini qabul qiladi. Lampaning ichida vakuum hosil qilinadi.
O‘lchov asboblari shunday ulanganki, ular katodning faqat anod o‘rab olgan qismidagi parametrlarni, ya’ni emission tokni va katod haroratsini o‘lchaydi. Anod tokini katodning anod ichida joylashgan qismining sirtiga bo‘lib tok zichligi aniqlanadi.


Download 1,96 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Download 1,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Nishonova elektronikaning fizik asoslari o‘quv qo

Download 1,96 Mb.