-rasm. Emission tok va katod haroratsini o‘lchaydigan sxema




Download 1,96 Mb.
bet28/52
Sana19.02.2024
Hajmi1,96 Mb.
#158642
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

19-rasm. Emission tok va katod haroratsini o‘lchaydigan sxema.
Kalorometrik usul bilan ham chiqish ishi ni aniqlash mumkin. Chiqish ishini o‘lchash quyidagicha amalga oshiriladi. Yuqoridagi rasmda tajriba lampasining anod zanjiri uzilgan bo‘lsa, cho‘g’langan katod yaqinida 1 sekund vaqt ichida katoddan emitterlangan elektronlar soni bilan orqaga qaytib, kondensirlangan elektronlar soni orasida muvozanat o‘rnatiladi. Bunday sharoitda, katodning cho‘g’lanish quvvati faqat yenergiya nurlanishiga va tarmoqlar orqali issiqlikning olib ketilishiga sarf bo‘ladi. Shuning uchun, berilgan cho‘g’lanish quvvati uchun katodda unga mos keladigan aniq harorat o‘rnatiladi.
Anod zanjiri ulanib katoddan miqdordagi tok anodga o‘tsa, har bir anodga boruvchi elektron chiqish ishini bajarib katoddan energiyani olib ketadi. Emttirlangan elektron o‘rniga haroratsi bo‘lgan tashqi zanjir simidan kelgan elektron energiyani katodga olib keladi. Katoddan anodga borayotgan elektronlar oqimidagi har bir elektronning yenergiyasi 2k ga teng bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tashqi zanjirdan katodga kelayotgan elektronlar oqimidagi har bir elektronning energiyasi 2k ga teng bo‘ladi. Agar katoddan miqdorda tok anod zanjiriga o‘tsa, qo‘shimcha sarflangan quvvat ushbu formula asosida aniqlanadi:
(3.4)
Kontaktlashuvchi o‘tkazgichlar orasidagi termodinamik muvozanat sharoitida o‘tkazuvchan elektronlar tufayli yuzaga keladigan elektr potensiallari farqi kontakt potensiallar farqi (KPF) deb ataladi.
Agar ikkita qattiq o‘tkazgich bir biriga tekkizilsa, ular orasida elektronlar almashinuvi yuz berib almashinuvchi elektronlarning soni shu o‘tkazgichdagi ning qiymatiga bog’liq bo‘ladi. Kichik qiymat li o‘tkazgichdan, katta qiymatli o‘tkazgichga ko‘proq elektronlar o‘tadi. Bu jarayon to ikki o‘tgazgich orasida potensiallar farqi yuzaga kelib, elektronlarning keyinchalik o‘tishlariga to‘sqinlik qilguncha davom etadi. Natijada kichik qiymatli li o‘tkazgich musbat zaryadlansa, katta qiymatli li o‘tkazgich manfiy zaryadlanadi. Ko‘rilayotgan sistemada termodinamik muvozanat sharti-elektroximik potensiallarning tengligidir, ya’ni Fermi satxlarining tengligidir.
To‘la tok usuli chiqish ishini aniqlashning oddiy usullaridan biridir. U Richardson tenglamasiga asoslanadi. Haroratning absalyut –noldan yuqori haroratlarda elektronlarning ma’lum bir qismi Fermi chegarasidan yuqorida joylashadi. Metall qizdirilganda elektronning elastik harakati tezlashadi va ularning metaldan chiqish ehtimolligi ortadi.Bu hodisa qizdiriladigan katodin elektron lampalarda keng qo‘llaniladi. Ikki elektronli elektron lampadagi Ferme elektron tok katod va anodga qo‘yiladi cho‘g’lanishda va katod haroratsiga bog’liq. Termo emissiya toki uchun munosabatini Richarson formulasini kvant mehanik o‘zgartirish yo‘li bilan topish mumkin:
(3.5)
A-har hil moddalar uchun har hil bo‘lgan doyimiy kattalik. S-metallning yuzasi, T-absalyut harorat, K- Boltsman doyimiysi. Ekspotensial bog’lanish tufayli I tok T ga kuchli bog’langan. Masalan, vakuum harorati 2000 dan 2500 K ga oshsa I tok 300 marta oshar ekan.
Elektronning chiqish ishi yuqoridagi formula asosida topiladi. va haroratlar uchun terma tok quyidagiga teng:
(3.6)
(3.7)
Yuqoridagi formulalarni nisbatini olamiz va logarifmlab:
(3.8)
(3.9)
Chiqish ishini topish formulasiga ega bo‘lamiz. -chiqish ishining qiymatni topish uchun ma’lum kuchlanishdagi va haroratlardan to‘yinish toklarini bilish zarur. Buning uchun, lampaning ikki harorat uchun BAX (voltmetr harakteristikasi) aniqlash kerak.


Download 1,96 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Download 1,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Emission tok va katod haroratsini o‘lchaydigan sxema

Download 1,96 Mb.