-rasm. Izolyatsiyalangan atomning energetik sxemasi




Download 1,96 Mb.
bet9/52
Sana19.02.2024
Hajmi1,96 Mb.
#158642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

8-rasm. Izolyatsiyalangan atomning energetik sxemasi.
Endi atomlarni bir-biriga yaqinlashtiraylik. Ular bir-biriga yaqinlashgan sari o‘zaro ta’sirlari orta boradi. Atomlar orasi juda ham yaqin bo‘lsa, har bir atom qo‘shni atomlar hosil qilgan juda kuchli elektromagnit maydonda turgan bo‘lib, u bilan o‘z maydoni orqali ta’sirlashadi. Natijada elektronlarning energetik satxlari parchalanadi. Agar N ta atomini bir-biriga yaqinlashtirsak, elektronlarning energetik satxlari, elektronning holatlari „aynigan” bo‘lmasa, N ta energetik satxga parchalanadi. Bu, N ta energetik satxlar to‘plami energetik zonani tashkil qiladi. Atomdagi elektronlar 2(2l + 1) karrali „aynigan" holatda bo‘lsa, kristallning energetik sxemasida energetik zona 2(2l + 1) energetik satxlardan tashkil toptan bo‘lishi kerak.
Lekin, Paul prinsipiga ko‘ra, energetik zona 2(2l + 1) N energetik satxdan tashkil topgan bo‘ladi. Bulardan (2l + 1) tasi bir xil energiyani qabul qilsa, energetik zona (2l+1) karrali „aynigan" holatda bo‘ladi. Demak, qattiq jismlarda izolyatsiyalangan atomlardagi alohida energetik satxlar o‘rniga, energetik zonalar hosil bo‘lar ekan. Bu energetik zonalar bir-birlari bilan man qilingan zonalar bilan ajralgandir. Energetik zonadagi energetik satxlar orasidagi energetik oraliq eV bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, energetik satxlar amalda uzluksiz spektrni berar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, elektronni bitta zona bilan chegaralangan energetik satxlarda harakat qila olishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, berilgan zonadagi elektronlar bir atomdan ikkinchi atomga o‘ta olib, hamma atomlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Energetik zonadagi hamma energetik satxlar elektronlar bilan to‘lgan bo‘lsa, bunday zonani to‘ldirilgan zona deb yuritiladi. Zonalarning energetik satxlar bo‘yicha elektronlarning taqsimlanishi kristallarning elektr xususiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Energetik zonalarni tashkil qilgan energetik satxlarda elektronlar turishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni ruxsat etilgan zonalar deb ham yuritiladi. Ikkita zona orasidagi energetik oraliqda elektronlarning turishi mumkin bo‘lgan energetik satxlar bo‘lmagani sababli, bunday energetik oraliqni man qilingan zona deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, elektron man qilingan zonadagi energiya qiymatlarini qabul qila olmaydi.

Download 1,96 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Download 1,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Izolyatsiyalangan atomning energetik sxemasi

Download 1,96 Mb.