|
Qattiq jismlarning elektrik xususiyatlari. Tashqi elektr maydoni ta'sirida to‘la to‘ldirilgan va to‘ldirilmagan zonalarda erkin elektronlarning harakati
|
bet | 12/52 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #158642 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m 2.2. Qattiq jismlarning elektrik xususiyatlari. Tashqi elektr maydoni ta'sirida to‘la to‘ldirilgan va to‘ldirilmagan zonalarda erkin elektronlarning harakati
Parchalanish darajasi barcha satxlar uchun bir xil emas. Atomdagi tashqi elektronlar (valentli) joylashgan satxlar kuchli ta’sirga uchrab, ichki elektronlar joylashgan satxlar esa kuchsiz o‘zgaradi:
1) elektronsiz energetik satxlar zonasi;
2) valent elektronli energetik satxlar zonasi;
3) ichki elektronlar joylashgan energetik satxlar zonasi.
Energetik zonalardagi energetik satxlar orasidagi energiya farqi ~ 15-22 eV bo‘ladi, demak energetik zonalar amalda uzluksiz spektrni beradi. Bu esa, o‘z navbatida elektronni bitta zona bilan chegaralangan energetik satxlarda harakat qila olishini ko‘rsatadi, ya’ni berilgan zonadagi elektronlar bir atomdan ikkinchi atomga o‘ta olib, hamma atomlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Energetik zonadagi hamma satxlar elektronlar bilan band bo‘lsa, bunday zonani to‘ldirilgan zona deb ataladi.Elektronlar turishi mumkin bo‘lgan zonalar ruxsat etilgan zonalar deb ataladi.
Kristallardagi atomlarning xossalariga qarab muvozanatli holatda ikkita atom orasidagi masofa r1 ko‘rinishda yoki r2 ko‘rinishda bo‘ladi, r1 ko‘rinishdagi holatlar o‘rtasida man qilingan zona hosil bo‘ladi, r2 masofada esa qo‘shni zonalar bir-birini berkitadi.
Atom yorug‘lik ta’sirida yoki issiqlik harakati natijasida me’yoriy holatdan qo‘zg‘algan holatga o‘tgan vaqtda, uning valentli elektronlari atomdan ajralmagan holda maxsus energetik holatga o‘tib qolishi mumkin (9-rasm). Bunday holatda turgan elektron o‘z o‘rnida teshik bilan elektron teshik juftini hosil qilib, ular bir-birlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘algan holat birinchi marta Ya. I. Renkel tomonidan tekshirilgan va unga eksiton (ya’ni qo‘zg‘algan) deb nom qo‘ygan. Eksiton ma’lum darajada vodorod atomiga o‘xshab ketadi va uning elektronini erkin elektronga aylantirish uchun normal sharoitdagi elektronga qaraganda oz energiya sarf qilinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qattiq jismlarning elektrik xususiyatlari. Tashqi elektr maydoni ta'sirida to‘la to‘ldirilgan va to‘ldirilmagan zonalarda erkin elektronlarning harakati
|