• G`ayriixtiyoriy harakatlar quyidagi turlarga bo`linadi: Biologik
  • Odatga aylangan
  • Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani ko




    Download 1,39 Mb.
    bet23/109
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #145749
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
    Bog'liq
    Mажмуа соҳаданики

    Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani ko`rsatuvchi gavda tutishi va harakatlarida sodir bo`layotgan o`zgarishlar xatti-harakatlar tilini anglatadi.
    Xatti-harakatlar tili
    Buning koʻpchiligi tasodifiy va gʻayri ixtiyoriy boʻlib, koʻpchilik insonlar oʽz xatti-harakatlar tilini anglab yetmaydilar. Lekin, u boshqalarga kuchli ta’sir qiladi. Xatti-harakatlar ongli va g`ayriixtiyoriy turlarga boʻlinadi:
    G`ayriixtiyoriy harakatlar quyidagi turlarga bo`linadi:
    Biologik: aniq gavda shakli, tana rangi va xususiyatlari insonda ba’zi imo-ishoralar, (yuz) ifodasi yoki gavdani ma’lum vaziyatda tutishlariga sabab boʻladi. Bundan tashqari, biz doimiy tarzda tanamizni qulay deb bilgan yoki bilmagan muhitimizda tartibga solishga va moslashtirishga harakat qilamiz.
    Odatga aylangan: ba’zi harakatlar va (yuz) ifodalari oʽzini muhitga moslashtirish jarayonida oʻrganilgan odatdir. Ular muayyan turdagi doimiy qad-qomat tutilishi yoki harakatlarni talab etuvchi lavozimidan kelib chiqadi. Aniq soʽzlashish uslublari va frazalar ham kasbiy odatlardir.
    Madaniy: katta yoshdagilar oldida oyogʻini chalishtirib o‘tirmaslik, katta yosh yoki lavozimdagilar koʽziga tik boqmaslik kabi urf-odatlar madaniy oʽziga xoslikdir. Mehmonlarni kutish, tanishuv, muomala tarzi ham ba’zi imo-ishoralarni oʽz ichiga oladi. Ongli harakatlar, gavdani tutish, ovozni oʽzgartirishdan atayin foydalaniladi. Bu narsa aktyorlarga maxsus oʽrgatiladi. Malakali soʽzlovchilar, ayniqsa, yaxshi notiqlar xatti-harakatlardan ongli foydalanishadi. Hech kim oʽzining xatti-harakatlarini toʻliq nazorat qila olmaydi, ammo, oʽz tanasini anglab yetishni oshirish va qad-qomatini tutish, harakatlar va ovoz modulyatsiyasining yaxshi nazoratiga erishish ehtimoli bor. Xatti-harakatlarimizda kuchaygan ta’sirchanlikni rivojlantirsak, boshqalarning xatti-harakatlarini anglay olishimiz oshadi.
    Ko`rinish.Shaxsning umumiy koʻrinishi bir qancha narsalarga bogʻliq boʻladi. Koʻrinishga hissa qoʻshuvchi muhim faktorlardan ikkitasi tozalik va shaxsiy gigiyenadir. Teri, tirnoqlar, oyoq va soch parvarishi kutilgan standartlardir. Bu aspektlarga beparvolik bilan qarovchi shaxslar yoqimsiz taassurot qoldiradilar.


    Download 1,39 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani ko

    Download 1,39 Mb.